Sizga cho‘zilgan qo‘lni o‘z vaqtida mahkam tuting

Sizga cho‘zilgan qo‘lni o‘z vaqtida mahkam tuting

Kuzning ikkinchi oyi boshlandi. Va nihoyat maktabda hammasi izga tushdi. Darsliklar tarqatildi, sinflar o‘quvchilar bilan to‘ldi. Uch oylik ta’tildan so‘ng maktab hayoti asta-sekin izga tusha boshladi. Ayni shu kunlarda esa yana bir muhim kunni nishonlash tadorigidamiz – «O‘qituvchilar va murabbiylar» kuni!

Insonning keyingi hayotida ustozning roli qanday bo‘lishi haqida qanchadan qancha asarlar, kitoblar yaratilgan, filmlar dunyoga kelgan.

Bu kun, bayram arafasida o‘qituvchi va ustoz haqida film ko‘rish agar o‘quvchi bo‘lsangiz o‘qituvchingizni, sobiq o‘quvchi bo‘lsangiz ustozingizni yana bir bor eslashga turtki bo‘ladi. Aniqki o‘qituvchilar bu kinolarni ko‘rish asnosida yana bir bor o‘z kasbidan faxrlanadilar, ota-onalar ularni ich-ichidan anglay boshlaydilar. O‘qituvchilar haqidagi filmni ko‘rish vaqtida kinodagi hikmatli gaplarni, ya’ni iqtiboslarni hayot yo‘lingizda ming martalab eslasangiz arziydi. Axir o‘qituvchining birgina gapi bilan hayoti o‘zgargan o‘quvchilar son-sanoqsiz. Qani televizor qarshisiga yaqinroq o‘tiring, bugun o‘qituvchilar haqidagi kinolar orqali o‘quvchilik yillaringizga qayting. Agar farzandlaringiz o‘quvchi bo‘lsa o‘qituvchilar bilan birga hamkorlik qilish haqida bugunoq o‘ylang!

«O‘lik shoirlar jamiyati»

Issiq ranglardagi bu oilaviy filmni ko‘rganingizdan so‘ng, sevimli o‘qituvchilaringizni va maktabda nohaqliklar tufayli xafa bo‘lgan barcha ustozlaringizni eslaysiz. Filmdagi Robin Uilyams juda yosh, shunchalik samimiyki, kino o‘sha qahramon uchun tomosha qilishga arziydi. Film qiziquvchan yoshlarning e’tiborini jalb qilish uchun o‘qituvchi yana nima qilishi kerakligi haqida.

Film iqtiboslari:

«Haqiqat  kalta ko‘rpa – oyoqlar doimo ochilib qoladigan ko‘rpa. Uni tortib olish, o‘rash mumkin, lekin bu har doim ham yetarli emas. Siz bu ko‘rpani qayoqqa tortmang baribir oyoqlaringiz ochilib qolaveradi. U oyoqlaringizni yashira olmaydi. Va tug‘ilishdan to o‘limgacha u faqat yuzimizni qoplaydi».

«Biz hammamiz hech qachon tugamaydigan ehtiyojga egamiz. Ammo siz o‘zingizning noyobligingizga ishonishingiz kerak. Qolgan e’tiqodlaringiz ahmoq yoki g‘alati tuyulsa ham. Butun suruv ma’rasa ham, bu bema’nilik, siz noyobsiz».

«Hurlik yozuvchilari»

Kino har birimizning bolalikda kuzatgan voqealarga asoslangan. Bir qarashda ertak va utopiya o‘rtasidagi voqelikka o‘xshaydi. Ammo har bir qalbi yaralangan bolaning jamiyatda, odamlar orasida o‘zini qanday namoyon qilishini, g‘azab va nafratni yengib, balki haqiqiy his-tuyg‘ularini qanday ko‘rsatishini kuzatish qiziqarli emasmi? Mag‘rur va shu bilan birga charchagan o‘qituvchingiz yodga tushadi. U har doim shunday zerikarli bo‘lganmi? Yoki nimanidir o‘zgartirish uchun yuragi yonib maktabga borganmi, lekin tizim uni ortiqcha talablar va hisobotlar bilan ko‘mib yuborgani uchun balki yuragi yonishdan to‘xtagandir. Film nafaqat boshqalarni baholashingiz yoki jamiyat yorlig‘ini, og‘riqli munosabatlaringizdagi biror narsani o‘zgartirish istagi, shunchaki sizdan farq qiladigan va yomonlikni anglatmaydigan odamni ko‘rish qanchalik muhimligi haqida.

Film iqtiboslari:

«Hammamiz oddiy odamlarmiz, lekin hatto oddiy kotiba yoki uy bekasi yoki o‘smir ham qo‘lidan kelgancha qorong‘i xonada olov yoqishi mumkin».

«Adolat jinoyatchining jazolanishini kafolatlamaydi, kimningdir jinoyat uchun to‘lashini kafolatlaydi».

«Muvaffaqiyat tajriba bilan keladi».

«Xorchilar»

Qiyin o‘smirlar va ular bilan qanday kurashish kerak. Bu azaliy muammo. Har bir inson, albatta, o‘smirlar bilan raqobatlashadi, ajablanarlisi shundaki, kamdan-kam odam o‘smirni tushunishni xohlaydi.

Vaziyat – yopiq ya’ni qiyin o‘smirlar o‘qiydigan maktabga musiqa o‘qituvchisi keladi. Yangi ish joyida bo‘lgan dastlabki 15 daqiqada juda ko‘p narsani anglaydi – eng farishta bolalarning yuzlari ba’zan o‘ziga xos shafqatsizlikni yashiradi.

Qiyin o‘smirlar maktabida bolalar uchun o‘zini yaxshi tutishi uchun  qamchilash, jazo kamerasi, qat’iy kundalik tartib, kamsituvchi mehnat bilan jazolash, hatto qoidalarni buzish haqida o‘ylaydigan har qanday odamni ma’naviy yo‘q qilish metodi ishlaydi. Ammo o‘smirlar negadir shafqatsizlikka yanada kuchliroq tajovuzkorlik bilan javob berishadi va topqirlik «mo‘’jiza»larini ko‘rsatishadi. Bu yerda hech narsa va hech kimga ruxsat berilmaydi, faqat kichkina Pipinoga shanba kuni temir darvoza oldida turishga ruxsat berilgan. Chunki shanba kuni dadasi uni olib ketadi. Filmni  farzandlaringizni ko‘proq sevish va bir-biringizga bo‘lgan mehrni his qilish uchun  tomosha qiling.

Film iqtiboslari:

Uni maktabdan haydab, ko‘lmak tubiga qo‘yishganda, onasi sudyaga: «Hech bo‘lmaganda, tushlik va kechki ovqatga issiq ovqat bersin», dedi.

« – Jahannamga ravona bo‘l!

– Men uni tashlab ketyapman».

«Men so‘zlarni tushunmadim, lekin his-tuyg‘ularni tushundim».

«Mona Liza tabassumi»

Filmning shiori: «Ularda hammasi bor edi, lekin u ularga ko‘proq narsani ko‘rsatdi». Amerika, 1953-yil. Har bir kollej bitiruvchisi faqat bitta narsani orzu qiladi – muvaffaqiyatli turmush qurish. Butun patriarxal ta’lim tizimi yillar davomida tekshirildi va mukammallikka erishdi — Julia Roberts kollejga san’at tarixi o‘qituvchisi sifatida kelguniga qadar. 50 – 60 yillardagi filmlar har doim o‘zlarining o‘zgacha liboslari bilan mashhur. Film ko‘p yillik hal etilmagan ziddiyat va tenglik uchun kurashni o‘zida mujassam etgan. Yelizabet Gilbert bu rol uchun juda mos kelgan. U film davomida ishonch bilan o‘z shogirdlarini kechqurun kiyim yoki dam olishni tanlashdan ko‘ra chuqurroq va muhimroq tanlovga yetaklaydi.

Film iqtiboslari:

«Boshqalarga moslashish orqali siz o‘zingizni o‘zgartirasiz».

«Uning taslim bo‘lgani, maqsadsiz sargardonlikka moyilligi aytilgan. Lekin hammaning sarson-sargardonligi maqsadsiz emas, ayniqsa, haqiqatni an’analardan, asoslardan, ko‘rinadigan narsalardan tashqarida izlayotganlarning sarson-sargardonligi bemaqsad emas».

 « – O‘z ideallaridan voz kechmagan, o‘zligini boshqalarning didiga moslashtirmagan odamni nima qildik? Biz uni qutiga joylashtiramiz va nusxa olishni taklif qilamiz. Demak, tanlov sizniki. Naqshlar bo‘yicha yashang, boshqalarga moslashing yoki siz …».

– Men o‘zim bo‘lishni, o‘zimga o‘xshashni istayman».

«Imperator klubi»

Halollik va axloq nima? O‘qituvchi har doim mukammal bo‘lishi kerakmi? U hali ham ishongan odamga qarshi guvohlik bermaslik huquqiga egami? Klassik adabiyot professorining sinfiga yangi talaba keladi. Uning o‘qishga ishtiyoqi yo‘q, lekin yaqin atrofdagi xotin-qizlar kollejining qizlariga katta qiziqish bilan qaraydi. Talaba o‘qishni xohlamaydi, otasini xafa qiladi,  lekin  o‘qituvchisi bilan do‘stlashadi. O‘quvchilarga yaqinlashish uchun direktorning kabinetidagi derazani sindirish ham ba’zan yomon fikr emasligini anglaysiz filmda.

Film iqtiboslari:

«Bir umrning muvaffaqiyati bitta mag‘lubiyat yoki bitta g‘alaba bilan belgilanmaydi».

«Qanchalik adashmaylik, ustozning mehnati shundaki, o‘qitish orqali xarakterni o‘zgartirish mumkin, demak, uning taqdirini ham o‘zgartirish mumkin».

«Buyuk o‘qituvchining buyuk shaxsiy tarixi yo‘q, uning butun hayoti boshqa hayotlarga o‘tadi. Bu insonlar maktablarimiz tayanch ustunlaridir. Ular maktab binolarining devorlaridan ko‘ra muhimroqdir va ular bizning iste’dodlarimizni ochib beradigan yumshoq kuch bo‘lib qoladi».

Xulosa qilib aytganda, bu filmlar orqali siz ko‘rgan, bilgan yoki bilganingizdan ham ko‘proq narsani ko‘rsatadigan o‘qituvchingizni topishingiz mumkin. Asosiysi  sizga cho‘zilgan qo‘lni o‘z vaqtida mahkam qisishdir

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Maqola zur, afsus bu kinolani bittasiniyam kurmaganakanman

  2. Тимур

    Ердам сурашни ва ердамни кабул килишни билиш кере, бундан уялиш керемас

  3. Otabek

    Bu kinolarni bir marta emas, balki 3-4 marta ko’rish kerak

  4. Yasminaxon

    good

  5. Lobarxon

    Ko’raman, rahmat

  6. Diyora

    Rahmat

  7. Shoxrux

    Yordam berish Xudoga yaqin bo’lish

  8. Xurshid

    Cho’zilgan qo’l bo’lmasa, nimani ushlash kerak? laugh

  9. Umidaxon

    Rahmat Fazo smile

  10. Nozim

    Yaxshilik qilishni unutmang.

  11. DIyorbek

    Yaxshi maqola bo’lipti

  12. Vohid

    good good good good

  13. АА

    Яхши

  14. Lobar

    Yoqdi

  15. Aziza

    Qul 4uzilmagan busa, uziz 4ozin

  16. Xurshid

    Cho’zaman, olasmi?

  17. Aziza

    dash

  18. Xurshid

    Nima?

  19. Aziza

    dash dash

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social