AQSh elchixonasi Green Card ishtirokchilariga 10 ta maslahat berdi

AQSh elchixonasi Green Card ishtirokchilariga 10 ta maslahat berdi

Unda dastur talablari, ariza to‘ldirish qoidalari va firibgarlardan ehtiyot bo‘lish uchun tavsiyalar joy olgan.

Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi Diversity Visa 2025 dasturida ishtirok etish niyatida bo‘lganlar uchun 10 ta muhim maslahat bilan tanishib chiqishni tavsiya etdi.

  1. dvprogram.state.gov sayti orqali dastur shartlari bilan tanishib chiqing. Agar dastur talablariga javob bermasangiz, unda ishtirok etmang;
  2. Faqat AQSh hukumatining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayaning. DV2025 dasturi bo‘yicha ma’lumotni taqdim etuvchi yagona rasmiy manba «.gov» bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi;
  3. dvprogram.state.gov sayti orqali ariza topshiring. Bu dasturda ishtirok etishning yagona yo‘lidir. Soxta veb-saytlar yoki firibgarlarga aldanib qolmang;
  4. Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish bepul. Arizangizni bepul to‘ldirib berishni taklif etadigan yoki to‘lov orqali dasturda imkoniyatingizni oshirib berishni va’da qiladigan shaxslardan ehtiyot bo‘ling;
  5. Oxirgi 6 oy ichida olingan fotosuratdan foydalaning. Ariza topshirish vaqtida eski fotosuratdan foydalanish dasturdan chetlatishga sabab bo‘ladi;
  6. Bir ishtirokchi faqatgina bir marta ariza topshirishi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan ko‘p ariza topshirgan shaxslar dasturdan chetlatiladi;
  7. Siz bilan birga sayohat yoki immigratsiya qilmaydigan taqdirda ham, arizangizga turmush o‘rtog‘ingiz va 21 yoshdan kichik va turmush qurmagan barcha farzandlaringizni kiritish kerakligini yodda tuting. Dasturda ishtirok etish uchun tanlangan holatingizda ham, arizangizga xato yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot kiritgan bo‘lsangiz, dasturdan chetlatilishingizni inobatga oling;
  8. Maxsus tasdiqlov raqamingizni (confirmation number) saqlab qo‘ying. 2024 yil may oyida dastur bo‘yicha tanlov natijasini tekshirish uchun ushbu raqam kerak bo‘ladi;
  9. Dastur bo‘yicha tanlov 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinganingiz haqida ma’lumotga ega bo‘lishning yagona yo‘li dvprogram.state.gov/ESC sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki e-mail orqali kelgan e’lonlarga aldanib qolmang, bu turdagi xatlar firibgarlik usuli ekanini yodda tuting;
  10.  Dasturda tanlab olinganlik — viza uchun suhbatda ishtirok etish yoki viza olish kafolatini bermasligini yodda tuting.

Diversity Visa 2025 dasturi bo‘yicha Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 4 oktyabrdan boshlanib, 7 noyabrgacha davom etadi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Samandar

    Ura! Topshiraman!

  2. Тимур

    Топиширадиганлага омад!

  3. Aziza

    Omad hammaga heart

  4. Shahlo

    Yaxshi niyat qilila, shunda albatta yutasizlar

  5. Elbek

    good good good

  6. Bobur

    Yutgan odamlarni bilasizlarmi o’zi?

  7. Ozodbek

    negative

  8. Komil

    AQShda nima bor, nega hamma u yerga ketmoqchi bo’ladi??

  9. Jasur

    Yaxshiroq hayot qidirishadi

  10. Komil

    Balki shundaydir

  11. Aziza

    Amerikaga aylangani borib kelardim

  12. Vasila

    good

  13. Lochin

    Omad hammaga

  14. Sodiq

    good

  15. AA

    Samarqandga borib topshirila

  16. Mansurbek

    Samarqandda? Nega?

  17. AA

    O’sha yerdan ko’pchilik yutadi

  18. Shamshod

    Topshirishni biladiganlar bormi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social