Instagram yaqin do‘stlar bilan muloqot qilish uchun yangi ilovani ishga tushirdi

Instagram yaqin do‘stlar bilan muloqot qilish uchun yangi ilovani ishga tushirdi

Threads asosiy ekranida doimo kamera aks ettiriladi, shu sababli foydalanuvchilar biror bir narsani tezda yozib olishlari va do‘stlariga yuborishlari mumkin.

Instagram yaqin do‘stlar bilan muloqot qilish uchun yangi ilovani ishga tushirdi.

O‘tgan yili Instagram chiquvchilari “Voqea-hodisalar”ni tanlangan obunachilar bilan baham ko‘rishga imkon beradigan “Yaqin do‘stlar” xususiyatini taqdim etgan edilar. Bugungi kunda kompaniya ushbu toifadagi foydalanuvchilar uchun alohida messenjerni ishga tushirdi.

Ilovaga “Threads” nomi berildi va uning asosiy ekranida doimo kamera aks ettiriladi, shu sababli foydalanuvchilar biror bir narsani tezda yozib olishlari va do‘stlariga yuborishlari mumkin.

Threads’ning asosiy xususiyati — emojilar mavjud statuslardir. Ularni qo‘lda o‘rnatish yoki sozlamalarda avtomatik o‘zgartirish funksiyasini yoqish mumkin. Joylashuv bo‘yicha dastur siz uchun status o‘rnatadi.

Masalan, aeroportda “Aeroportda”, agar uyda bo‘lsa — “uyda” degan status beriladi va hokazo. Biroq, kompaniya foydalanuvchilarning aniq koordinatalarini oshkor qilmaydi.

Ilovani Google Play Store va App Store’dan yuklab olish mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nargiza

    salom.Manga juda yoqdi.Silara rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social