Biz hayotning doimiy haqiqatlarini unutib qo’yamiz, shunday emasmi? Ularni yana bir bor eslaylik – ularni har doim faol (passiv bo’lmagan) xotirada saqlashga harakat qiling.
1.Siz yashamoqdasiz
Buni tajriba aytadi. Hayotimizda qorong’u burchakda yashirinib, hech kimni va hech narsani ko’rmaslik va eshitishni istamagan vaziyatlar bo’ladi. Lekin siz hatto chiqish yo’lini ko’rmagan bolsangiz ham, bundan o’tib ketdingiz. Hamda, bu vaziyat takroriy davom etaveradi. O’zingizga doimo buni eslatib turing: “Men buni qila olaman”. O’zingizni qanchalik yomon his qilishingizdan qat’iy nazar, omon qolasiz va yashashda davom etasiz.
2. Hatto cho’lning o’rtasida ham voha bor
Yaxshi kunlar, shuningdek, yomon kunlar ham mavjud: yomg’irdan keyin kamalak, qaxraton qish kunlaridan so’ng issiq kunlar keladi. Biz o’sib, o’rganishimiz uchun, hayot ikkalasini ham beradi. Bu biz uchun “ta’lim” hisoblanadi, chunki bu ta’lim “yomon” kunlarni talab qiladi. Biroq, bunday vaziyatni oldinga haralat qilish uchun imkoniyat sifatida ko’rsangiz, ehtimol, bu yomon kun bo’lmaydi. Hayotning haqiqatlari ko’p hollarda ijobiydir. Fikringizni o’zgartirishga harakat qiling va buni o’zingizda his qilasiz.
3. Siz muvaffaqiyatga erishasiz
Qachonlardir siz katta kuch bilan yurishni va gapirishni o’rgandingiz – bu ilmni o’rganish qiyin bo’lgan, biroq siz buni qila oldingiz. Keyingi harakatlarni davom ettiring: masalan, yangi soho yoki yangi tilni o’rganishga intiling. Doimo harakat qilgan inson albatta biror joyni zabt etadi, ya’ni siz albatta ajoyib natijalarga erishasiz.
4. Sevgi sizni topadi
Ishoning, bu shunday bo’ladi. Sevgi tayyor bo’lgunga qadar yoki boshqa bir kishi tayyor bo’lguncha sizni kutadi. Keyin u keladi va sizni yanada to’ldirib, baxtli qiladi. Bu faqatgina ulg’aysangiz va yuragingizni ochsangiz, ana undan keyin sodir bo’ladi.
5. Siz qoqilasiz va yiqilasiz
Bu kabi hayot haqiqatlari odatda barchaga ma’lum. Biroq, inson yiqilishni juda katta muvaffaqiyatsizlik deb biladilar va bunday vaziyatlarga dosh berolmaydilar. Ammo bu tajriba deb nomlangan narsa va bu muvaffaqiyat uchun juda zarur. Tez-tez yiqilsangiz, tezroq yurishni o’rganasiz – mustahkam va ishonchli harakat qilasiz.
6. Hayot sizga ko’plab yo’llarni taklif qiladi
Siz qilishingiz kerak bo’lgan yagona narsa – o’zingizni tanlashdir. Bu oson emas, lekin siz, albatta, uni istasangiz, qat’iylik va tirishqoqlikni namoyon qilsangiz, albatta, topasiz.
7. Siz tasavvur qilganizdan ham ko’proq vaqtingiz bor
Ehtimol, siz har tug’ilgan kuningizdan oldin shaxsiy inqirozni boshdan kechirasiz. Masalan, siz hayotingizda sezilarli ish qilmaganingizni va o’tgan yillar davomida asosan isrof qildim, deb o’ylaysiz. Aksincha, u bunday emasligiga o’zingiz ishonch hosil qilishingiz kerak. Haqiqatdan ham, hayotingizni, umidlaringizni, orzularingizni va maqsadlaringizni qayta baholashga vaqt topishingiz mumkin. O’zingiz uchun hayot qadriyatlari va haqiqatlarini aniqlang. Va bu sizni kerakli yo’lga qaytaradi.
Barchasi foydali.Kotta rahmat
Juda ajoyib!!! Hammasi uchun katta rahmat!!!
Hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin! Lekin men baxtli bo’lishimga ishonaman! Men doim o’zimga eslatib turishim kerak bo’lgan haqiqatlarni har kuni , har soatda, har lahzada eslatib turishni unutmayman!!!
Hammasi juda ajoyib
Rahmat.