Erkaklar nimalar haqida g`iybat qilishadi?

Erkaklar nimalar haqida g`iybat qilishadi?

Ko`pchilik ayol va qizlarning o`ylashicha, erkaklar yig`ilganda faqat ular haqidagi gaplarni yuritishadi. Biz sizlar bilan erkaklar o`z yaqin doirasida qolganda nima haqida gaplashayotgani bilan bo`lishmoqchimiz!

Erkaklarning gaplarida birinchi o`rinda mamlakatdagi mish-mishlar va global miqyosdagi yangiliklar turadi. Erkaklarning qiziqishi va bilim doirasi hayratda qoldiradi. Erkak oddiy ishchi yoki ishsizmi, baribir u eng sirli savollardan butunlay xabardor bo`ladi. Ma`lumotlarning manbasi aniqlanmaydi, chunki barcha ma`lumotlar BTA agentligidan keladi – “Bir Tanish Aytdi”.

Ikkinchi mavzu esa – bu “men” (kuchli, aqlli, kelishgan, mashhur, o`rnimni hech kim bosolmaydigan va xokazo) yoki “menda” (yangi avtomobil, komp`yuter, telefon, velosiped va xokazo). Ushbu ro`yhatni yana davom ettirish mumkin. Aytgancha, erkak odob-axloq qoidalari bu mavzularda ayollarga gapirish man etiladi.

Ayollar haqidagi mavzular esa faqatgina uchinchi o`rinni egallab turar ekan. Shuningdek, erkaklar o`z ayollari haqida kam gapirishadi, ammo birovniki yoki notanish ayollar haqida kuni bo`yi gaplashishlari mumkin.

Qadrli qizlar va ayollar umid qilamiz sizga maqolamiz yoqdi. Xurmatli erkaklar agarda noto`g`ri fikrlar bo`lsa uzr so`raymiz. Qo`shimcha gaplar bo`lsa, o`z fikrlaringizni komment orqali bildirishni unutmang.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. alhamdulillah_13

    laugh juda ajoyib maqola ayniqsa BTA agetntligi dgan joyini uqib roosssa maza qilb kuldm tuppa tugri xamma malumotla BTA dan olinadi rofl laugh

  2. Albatta qilishadi, qachon qaramasa qizlani obsujdat qilishadi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social