Xobbi

Xobbi

Yosh bolalar xar kuni nimagadir qiziqishlari tabiy xol. Bir zumda ular sportga qiziqib qolsalar, ertasiga yana boshqa narsani aytishlari mumkin. Ularning miyasiga televizordagi xar xil ko`rsatuvlar tezda o`z ta`sirini o`tqazadi. Bizlardan talab qilinadigan narsa esa ulardagi qiziqishlarni aniqlab shundang so`ng ularga yordam berishdir.

Agar biz bolalarimizni yoshligidan rassomchilikka qiziqtira bilsak kelajakda ulardan ajoyib rassom chiqishi mumkin. Agar bolalaringizda musiqaga nisbatan nimadir sezsangiz ularni musiqa maktablariga berishingiz xam mumkin.

Xozirgi kunga kelib ota onalarning dunyo qarashi bir muncha o`zgardi desak mubolag`a bo`lmaydi.  O`zingiz bir tasavvur qilib ko`ringa, yoshligingizda ota  onalar bolalarini kamdan kam biron narsaga qiziqayotganlariga e`tibor qilishganini ko`rishingiz mumkin. Qiziqish bu sizlarning yoki bolalaringizning asosiy qilayotgan ishi xam bo`lishi mumkin. Yoki shunga qo`shimcha biron narsa bilan qiziqishlari mumkin.

1

Bolalaringizda masalan tabiatning o`zgarishi xaqida, xam ya`ni ob xavoni o`zgarishlari xaqida xam birga kuzatuv ishlarini olib borishingiz mumkin. Ana shu orqali balki ularda tabiatga nisbatan qandaydir mexr, qiziqish paydo qilishingiz mumkin.

Dam olish paytlarida bolalaringiz bilan tabiat qo`yniga sayr qilib turli daraxtlarning xususiyatlari xaqida xam ularga so`zlab berishingiz mumkin. Agar kitoblar bilan savdo qiluvchi do`konlarga kirsangiz istagan kitoblaringizni topib xarid qilish mumkin.

Ana shu kitoblardan foydalangan xolda ish olib borsangiz xam bo`ladi. Yoki bo`lmasa o`zingiz olib borayotgan ishingiz xaqida, ishingizni barcha ikir chikirlari xaqida, sizning qilgan mexnatingiz insonlarga qanday foyda keltirayotganligi to`g`risida bolalaringizga so`zlab berib ularda sizning mexnatingizga nisbatan qadirlash va qiziqish uyg`otishingiz mumkin.

2

Ba`zi paytlarda kichkina bolalardan o`laroq, kattalarning o`zi umuman xech narsaga qiziqishmaydi. Ayrim do`stlarimiz,  “Men mexnat qilayapman shuning o`zi kifoya” deb o`ylaydi. Lekin bizda nimagadir qiziqish bo`lsa u bizlarni dunyo qarashimizni kengaytiradi.

Masalan ishdan keyin uyingizda radio, telivizor yoki elektr asboblarini tuzatib o`rganishingiz xam mumkin. Albatta buning uchun biron kishidan biroz saboq olish zarur deb o`ylaymiz. Yoki bo`lmasa mashina tuzatishni xam o`rgansangiz bu xam foydadan xoli emas. Azizlar sizlarga shu narsani qilinglar deb majburlashga biz ojizmiz.

Siz istagan narsangiz bilan qiziqishingiz mumkin. Eng muximi bekor bo`lmang. Juda bo`lmaganda adiblarimizning kitoblaridan o`qib baxramand bo`linglar.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lola

    Yigit kishiga 40 hunar kam!

  2. Номаълум

    хозир ёшлар китоб укишни унчалли хуш куришмайди, китоб укишга вакт кетказгандан кура, ижтимоий тармокларда янги дустлар ортириш яхширок деб билишади, бахолангки бу виртуал оламнинг бир салбий тарафи

  3. Одил

    тугри айтилган сузлар, лекин бир тарафини эсдан чикармаслик кере, истак ёки хохиш булиши мумкин, лекин бунга имконият бумаса, хеч кандай фойдаси йук

  4. Абду

    Муаллиф: Одил – September 11, 2012)))))))))))))))
    Одил манимча агар истак билан хохиш бўлса демак имконият хам бўлади. Хаммаси сиз айтиб ўтган истак билан хохишга боғлиқ. Одамлар истак ва хохиш бунга озгина иродани қўшиб дунёвий миқёсдаги ишлар қилишади. Хамма гап одамнинг ўзида, айнан одамнинг ўзи ўзига имконият яратиши керак.

  5. nilyufar

    mnogie rodeteli xotyat chtob ix deti zanimalis tem xobiem,kotorim ne mogli zanimatsya roditeli sami

  6. Хошим

    Муаллиф: Абдуга. Абду чоткий гап эттиз. Купла постоянно нолиди у бу деб. Лекин хамма гап узимизадаку. Агар хаётимизга жиддийро карамасак юрвурамиз нолиб. Гапизга балла!

  7. Номаълум

    Suratlar chiroyli ekan!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social