Insonlar uni izlab, yoniga kelishmaydi. Shuning uchun dunyoda ko’p og’riq va azob bo’ladi

Insonlar uni izlab, yoniga kelishmaydi. Shuning uchun dunyoda ko’p og’riq va azob bo’ladi

Bir odam har doimgidek soch va soqolini olish uchun sartaroshxonaga kirdi. U xizmat qilgan sartarosh bilan suhbatlashdi. Turli narsalar haqida gapirishdi va birdan suhbat Xudo haqida ketdi.

Sartarosh dedi:

– Siz menga nima deyishingizdan qat’iy nazar, men Xudo borligiga ishonmayman.

– Nima uchun? – deb mijoz so’radi.

– Ho’sh, bu aniqku. Xudo yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun tashqariga chiqsangiz bas. Xudo bor deb aytasiz, lekin juda ko’p kasal odamlar mavjud? Qayerdan ko’cha bolalari paydo bo’lishadi? U mavjud bo’lganda, na azob na og’riq ham bo’lmas edi. Bunga yo’l qo’ygan sevuvchi Xudoni tasavvur qilish qiyin.

Mijoz bir daqiqa o’ylab qoldi, lekin baxsga kirmaslik uchun sukut saqlashga qaror qildi. Sartarosh o’z ishini tugatgach, mijoz sartaroshxonadan chiqib, ko’chada sochi o’sib ketgan va soqoli olinmagan odamni ko’rdi (u asrlar davomida soch olmagandek tuyulardi va u shunday iflos ko’rinishda edi).

So’ngra mijoz sartaroshxonaga qaytdi va sartaroshga dedi:

– Bilasizmi? Sartaroshlar mavjud emas.

– Qanday qilib? – deb sartarosh so’radi. – Menchi? Men sartaroshmanku.

– Yo’q! Ular mavjud bo’lganda, ko’chadagi  sochi va soqoli olinmagan shu odamga o’xshagan insonlar ham bo’lmas edi – dedi mijoz.

– Bu sartaroshlarni aybi emasku. Shunchaki odamlar o’zlari yonimga kelmaydi-ku!

– Gap aynan shunda! Men shuni aytmoqchi edimki: Xudo bor. Faqat insonlar uni izlab, yoniga kelishmaydi. Shuning uchun dunyoda ko’p og’riq va azob bo’ladi – dedi mijoz.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shahnoza

    Tangrimga ishonmoq va yolgiz unga suyanmoq darkor. Chunki undan ozga doim sen bilan bola olmaydi. unga ishon va u yordam beradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social