Kompyuter uchun top 10 bepul shuter o‘yinlar

Kompyuter uchun top 10 bepul shuter o‘yinlar

Yaqin yillarda ham kompyuterda o‘ynash uchun yuqori darajadagi bepul shuter o‘yinlari mavjud emas edi, ammo bugungi kunga kelib ularning soni ko‘pligidan qaysi birini o‘ynashni ham bilmay qolasan kishi. Ushbu maqolamizda esa hoziroq tekinga yuklab olib o‘ynashingiz mumkin bo‘lgan top kompyuter o‘yinlar o‘ntaligi bilan tanishamiz!

Counter-Strike: Global Offensive

CS: GO bugungi kunning eng taniqli birinchi shaxs otishma o‘yini bo‘lib, u 2012 yilda Valve va Hidden Path Entertainment tomonidan ishlab chiqilgan. O‘yin uchun minimum tizim talablari:

  • Operatsion tizim: Windows® 7 yoki Vista yoki XP
  • Protsessor: Intel® Core™ 2 Duo E6600 yoki AMD Phenom™ X3 8750 yoki yaxshiroq
  • RAM: 2 GB
  • Grafik karta: 256 MB yoki ko‘proq bo‘lishi va DirectX 9 bilan mos bo‘lib, Pixel Shader 3.0 ni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
  • Xotira: 15 GB bo‘sh joy talab qilinadi
  • Internet: keng polosali Internet ulanishi

Yuklab olish uchun: Steam

Call of Duty: Warzone

Yaqinda chiqarilganiga qaramay, qisqa vaqt ichida o‘yinchilarning eng sevimlisi bo‘lishga ulgurgan COD: Warzone birinchi shaxs otishma o‘yini bo‘lib, uning uchun kompyuter tizim talablari eng kamida quyidagicha:

  • Operatsion tizim: Windows® 10; 64-bit
  • Protsessor: Intel® Core™ i3-4340 yoki AMD FX-6300
  • RAM: 8GB
  • Grafik karta: NVIDIA® GeForce® GTX 670 yoki NVIDIA® GeForce® GTX 1650 yoki AMD Radeon™ HD 7950 – DirectX 12.0 qo‘llab-quvvatlashi kerak
  • Xotira: 175 GB bo‘sh joy talab qilinadi
  • Internet: keng polosali Internet ulanishi

Yuklab olish uchun: Call of Duty: Warzone rasmiy sahifasi

PUBG: BATTLEGROUNDS

Shu yilning boshida kompyuterda o‘ynash uchun bepul qilingan PUBG o‘yini battle-royale janridagi eng trend o‘yin bo‘lib turibdi. O‘yin uchun kamida quyidagicha talablarga javob beradigan kompyuter talab qilinadi:

  • Operatsion tizim: Windows 7, Windows 8.1, Windows 10; 64-bit
  • Protsessor: Intel Core i5-4430 yoki AMD FX-6300
  • RAM: 8 GB
  • Grafik karta: NVIDIA GeForce GTX 960 2GB yoki AMD Radeon R7 370 2GB
  • Xotira: 40 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internet ulanishi

Yuklab olish uchun: Steam

Fortnite

Epic Games tomonidan taqdim qilinadigan Fortnite otishma o‘yini uch xil: battle-royale, zombilar va erkin qurish janrlarni o‘z ichiga oladi va uning uchun kompyuter eng kamida quyidagi tizim talablariga javob berishi kerak:

  • Operatsion tizim: Windows 7 yoki 8 yoki 10; 64-bit
  • Protsessor: Intel Core i3-3225 yoki AMD FX-6100
  • RAM: 4 GB
  • Grafik karta: Intel HD 4000 yoki Radeon X1650
  • Xotira: 16 GB
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Epic Games

Valorant

Riot Games tomonidan ishlab chiqarilgan Valorant o‘yini 5 ga 5 jamoa tarzida o‘ynaladigan taktik FPS o‘yini hozirda yetarlicha o‘z muxlislariga ega. O‘yin uchun minimal kompyuter talablari quyidagicha:

  • Operatsion tizim: Windows 7 yoki 8
  • Protsessor: Intel Core 2 Duo E8400 yoki AMD Athlon 200GE
  • RAM: 4 GB
  • Grafik karta: Intel HD 4000 yoki Radeon R5 200
  • Xotira: 8 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Valorant rasmiy sahifasi

Halo Infinite

Microsoft’ning Xbox Game studiyasi tomonidan o‘tgan yilning noyabrida chiqarilgan Halo Infinite o‘yini nafaqat ko‘pchilik bilan onlayn o‘ynaladigan qismiga, balki o‘yin o‘zining kampaniyasiga ham ega. Kompyuter uchun o‘yinning eng kam tizim talablariga quyidagicha:

  • Operatsion tizim: 64-bitli Windows 10 RedStone 5 yoki yuqori
  • Protsessor: AMD Ryzen 5 1600 yoki Intel i5-4440
  • RAM: 8 GB
  • Grafik karta: AMD RX 570 yoki Nvidia GTX 1050 Ti
  • Xotira: 50 GB bo‘sh joy talab qilinadi
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Steam

Apex Legends

Electronic Arts tomonidan chiqarilgan Apex Legends o‘yini battle-royale janridagi bepul shuter o‘yinlardan biri bo‘lib, uning tizim talablari quyidagicha bo‘lishi kerak:

  • Operatsion tizim: Windows 7; 64-bit
  • Protsessor: AMD FX 4350 yoki Intel Core i3 6300
  • RAM: 6 GB
  • Grafik karta: AMD Radeon™ HD 7730 yoki NVIDIA GeForce® GT 640
  • Xotira: 56 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Steam

Warface

Warface dunyo bo‘ylab millionlab o‘yinchilarga ega MMO janridagi shuter o‘yin bo‘lib, uning uchun eng kamida quyidagi tizim talablariga javob beradigan kompyuter talab qilinadi:

  • Operatsion tizim: Windows 7, Windows 8, Windows 10; 64-bit
  • Protsessor: Core i3-530 yoki AMD Athlon II X3 415e
  • RAM: 4 GB
  • Grafik karta: GeForce 250 GTS yoki Radeon HD 4850
  • Xotira: 30 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Steam

Black Squad

Black Squad birinchi shaxs harbiy tomonidan o‘ynaladigan, 10 xil o‘yin rejimlariga ega bepul otishma o‘yini uchun minimal tizim talablari quyidagicha:

  • Operatsion tizim: Windows 10; 64-bit
  • Protsessor: CORE2 DUO 2.2GHZ yoki AMD Athlon 64 X2 2.66GHz
  • RAM: 6 GB
  • Grafik karta: NVIDIA GEFORCE 8600 yoki GT630 yoki AMD RADEON HD 6750
  • Xotira: 8 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Steam

Ironsight

IronSight – bu futuristik jangga asoslangan harbiy FPS o‘yini bo‘lib, u uchun minimum tizim talablari quyidagicha:

  • Operatsion tizim: Windows® 7
  • Protsessor: Intel® Core™2 Duo E7500
  • RAM: 6 GB
  • Grafik karta: NVIDIA® GeForce 9600 GT
  • Xotira: 8 GB bo‘sh joy
  • Internet: Keng polosali Internetga ulanish

Yuklab olish uchun: Steam

Hordiq chiqarish uchun ma’lum vaqt o‘yin o‘ynash zarar qilmasligi mumkin, lekin, albatta, kompyuter oldida uzoq vaqt o‘tirish sog‘liq uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Otabek

    PS borligida kompyuterda kim uynidi?

  2. AAA

    man uyniman, shuterlani kompda uynaw udoniyro

  3. Ibrohim

    conter strike tema boru, onlayn vawe 4otki uynaw

  4. Тимур

    уйин уйнамасдан ишлаш кере

  5. Qodir

    uyinlayam foydali, miya dam oladi

  6. Izzat

    turi, uyin uynaw kere inogda

  7. Тимур

    ладно, узизмам уйнаб тураман а так laugh

  8. Izzat

    palevo rofl

  9. Тимур

    ушадэ rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social