Hasad qayerdan paydo bo’ladi va u bilan qanday kurashish kerak

Hasad qayerdan paydo bo’ladi va u bilan qanday kurashish kerak

Qo’shni yoki hamkasbning muvaffaqiyati nafaqat yangilik bo’lganida.

Hasad o’zi nima va u nima uchun kerak?

Olimlarning ta’kidlashicha, hasad evolyutsiya tufayli paydo bo’lgan. Bu tuyg’u insonning zaifligini ko’rsatishi va vaziyatni tuzatishga undashi, u tufayli omon qolish imkoniyatini oshirishi kerak edi.

Hasad – og’riq, ochlik va mukofot tizimi uchun mas’ul bo’lgan oldingi miya qobig’ini faollashtiradi. Shuning uchun ham odam, masalan, qo’shnisida yangi chiroyli mashinani ko’rganida kuchli his-tuyg’ularni boshdan kechiradi.

Hasad ibtidoiy odamlarni harakatga undar edi: yo ular egalik qilmoqchi bo’lgan narsalarini zo’rlik bilan olardilar yoki, ular uchun teng yoki yuqori darajaga erishishga harakat qilardilar. Bunday intilishlar omon qolishga va nasl qoldirishga yordam berar edi. O’shandan beri jamiyat ancha o’zgardi, lekin hasad hech qayerga yo’qolmadi.

Olimlar bu tuyg’u aslida nima ekanligi haqida turli nazariyalarni ilgari suradilar. Ba’zilar hasadni tajovuzkor xatti-harakatlarni qo’zg’atuvchi salbiy tuyg’u deb bilishadi. Boshqalar esa – insonning o’z kamchiliklariga munosabatini ko’rsatadigan tuyg’u sifatida. Va yana boshqalar esa, odatda yumshoq (oq) va yomon (qora) hasad mavjudligi haqida gapirishadi.

Ba’zi tillarda hatto bu turlar uchun ikkita alohida so’z mavjud. Masalan, polshada zazdrość va zawiść, golland tilida benijden va afgunst.

Oxirgi nazariya tarafdorlariga ko’ra, yengil hasad hayrat bilan chegaralaydi va ba’zi psixologlar fikricha, odamni motivatsiya qilishi mumkin. Qora hasad esa boshqalarga nafratni qo’zg’atadi va odamni baxtsiz his qiladi.

Odamlar odatda nimaga va kimga havas qilishadi

Hasad asosan atrofimizda bizga yaqin bo’lgan yoki muvaffaqiyati biz tushunadigan toifalarda ifodalangan odamlarga taalluqlidir.

Shu sababli, biz o’zimizga yoqqan sohalarda, boshqalarning yutuqlariga ko’proq e’tiborda bo’lamiz. Misol uchun, Olimpiya chempionlariga, boshqa sportchilar yoki xuddi shunday yoshda bunday muvaffaqiyatga erisha olmagan odamlar hasad qilishlari mumkin.

Tanishlarning yutuqlari, noma’lum insonlarga qaraganda bizni ko’proq hayajonga soladi. Va biz o’zimizni juda muvaffaqiyatli odamlar bilan kamroq taqqoslaymiz, chunki biz ular bilan teng iste’dod yoki imkoniyatlarga egamiz deb hisoblamaymiz.

Va nihoyat, mavhum emas, balki aniq narsalar bizda yanada yorqinroq salbiy his-tuyg’ularni uyg’otadi. Biz o’ylangan baxtdan ko’ra, qimmatbaho mashinaga, katta uyga yoki tez-tez chet elga sayohat qiladigan insonlarga havas qilamiz.

Ya’ni, Lexusi bor sobiq sinfdoshimiz Ilon Maskdan ko’ra ko’proq hasad nishoniga aylanadi. Biz sinfdoshimizni uzoq vaqtdan beri bilamiz va u mashinani derazamiz ostiga qo’yadi, ikkinchisi esa Shimoliy Amerikaning biron bir joyida astronomik summalarni aylantiradi.

Hasad qanday azob beradi

Hasadning foydasi, hatto yengil bo’lsa ham, unchalik aniq emas. Germaniya, Buyuk Britaniya va Avstriya olimlari sakkiz yil davomida 18 000 avstraliyaliklar to’ldirgan anketalarni tahlil qilishdi. Tadqiqotchilar hasad odamlarni o’zgartirishga undaydigan, psixologik yoki moddiy farovonlikning oshishiga olib keladigan biron bir dalil topmaganlar.

Ammo, bu tuyg’u tomonidan yaratiladigan juda ko’p salbiy ta’sirlar mavjud.

Hasad odamlar o’rtasida dushmanlikni keltirib chiqarishi mumkin

Hasad yo o’zingizni yaxshilashga yoki boshqani sizning darajangizga tushirish uchun hamma narsa qilishga majbur qiladi. Bu o’zini kichik gaplarga, yoki ochiqchasiga va tajovuzkorlikda ham namoyon qilishi mumkin. Va hatto do’stlar o’rtasida ham haqiqiy dushmanlik avj olishi mumkin.

Garchi tajovuzkor xatti-harakatlar hasadgo’y odamning xohlagan narsasiga erishishga yordam bermasa ham, uning yomon niyatini qondiradi. Masalan, amerikalik psixologlarning aniqlashicha, ba’zida raqib jamoa futbolchisi jarohat olganida, sport ishqibozlari xursand bo’lishlari mumkin.

U ta’qib qilishni keltiradi

Hasad ko’pincha maqsadli tajovuzning sababiga aylanadi. O’zlarining jaxllarini boshqa usullar bilan qodirish yoki adolatli kurashda raqibni aylanib o’tish imkoniyati bo’lmaganda, ko’pchilik iflos nayranglar yordamida o’zlarini isbotlay boshlaydilar. Bunday holda, ta’qib qilish va g’iybat qo’llaniladi.

U odamlarni yolg’on gapirishga majbur qiladi

Ba’zida qora hasad qilganlar, mehnat yoki o’z-o’zini yaxshilash bilan emas, balki tezroq usullar yordamida vaziyatni yaxshilashga harakat qilishadi. Masalan, yuqori maqomli ishga kirish uchun kasbiy yutuqlari haqida yolg’on gapirishadi.

Hasad sizning martabangizga zarar yetkazishi mumkin

Biror kishi boshqa odamning muvaffaqiyati bilan ovora bo’lsa, taqqoslash bilan band bo’lsa, u ba’zan o’z vazifalarini e’tiborsiz qoldiradi va hatto ishini qilmaslikni boshlaydi. Misol uchun, yuqoriroq lavozimga ko’tarilgan hamkasbning ko’rsatmalariga e’tibor bermaslik. Janjal va bajarilmagan vazifalar oxir-oqibat hasadgo’ylarga qarshi chiqadi.

Hasad stress yoki depressiyaga olib kelishi mumkin

Hasadning kuchli va tez-tez uchraydigan hujumlari tufayli o’z-o’zini hurmat qilish pasayishi mumkin va odam o’z his-tuyg’ularidan uyalishni boshlaydi. Bunday og’riqli his-tuyg’ular apatiya, shubha va izolyatsiyaga olib keladi – bu stress va depressiyaga to’g’ridan-to’g’ri yo’ldir.

Hasad bilan nima qilish kerak

Bunday tuyg’uni boshdan kechirish tabiiydir, lekin bu u bilan kurashish mumkin emas yoki kerak emas degani emas. Salbiy his-tuyg’ularga qarshi kurashish bo’yicha ba’zi maslaxatlar.

Hasadga nima sabab bo’lganini aniqlang

Sabablarni bilish, sizning his-tuyg’ularingizni yaxshiroq tushunishga va vaziyatga xotirjamroq munosabatda bo’lishga yordam beradi. Ko’r-ko’rona g’azabning o’rnini yanada oqilona yondashuv egallaydi, bu sizga kerakli narsaga erishish uchun nima qilish kerakligini ham aytib beradi.

Shunday qilib, aynan nima yetishmayotganini aniqlashga harakat qiling. Misol uchun, bir xil maoshga ega bo’lgan hamkasbingiz muntazam ravishda sayohat qilganda, siz esa sayohat qilish uchun pulingiz bo’lmasa, sababi toping. Ehtimol, u hamma narsani tejaydi va shuning uchun, uning sayohat uchun qo’shimcha puli bordir. Yoki sizning oilangiz va farzandlaringiz bor, uni hech narsa ushlab turmaydi.

E’tiboringizni yutuqlaringizga qarating

Boshqalarning yutuqlaridan esingizdan chiqaring va o’zingizga qarang. Sizni nima mag’rur qilishini o’ylab ko’ring. Siz xo’jayin bo’lmagandirsiz, lekin hamma hamkasblaringiz sizni hurmat qilishadi. Yoki siz sportda katta muvaffaqiyatlarga erishmagandirsiz, lekin siz ajoyib bolalarni tarbiyalagansiz.

Bunday o’z-o’zini maqtash sizni rag’batlantiradi va sizni salbiy narsadan chalg’itadi. Zero, o‘z yutuqlaringizga nazar tashlasangiz, o‘zingizga ishonch kuchayib, boshqalarga kamroq havas qilasiz.

O’zaro munosabatlarni yaxshilashga va birgalikda ishlashga harakat qiling

Xitoy tadqiqoti shuni ko’rsatdiki, agar siz odamlar bilan faol aloqada bo’lsangiz, hasad qilish uchun kamroq sabab bo’ladi. Siz uchun va ular uchun ham. Shunday qilib, agar siz lavozimda ko’tarilgan bo’lsangiz, qolganlar qarorni adolatli deb hisoblashadi – axir muvaffaqiyat sizning boshingizga tushmagan. Va agar sizning do’stingiz martaba zinapoyasiga ko’tarilsa, ehtimol siz do’stingiz uchun xursand bo’lasiz – chunki u sizning raqibingiz emas.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozim

    Hasadni yaxwi yomoni bumidi, hasad qiliw Xudoga qarwi 4iqiwdir.

  2. Ezoza

    ba’zan hasad qilaman, wuni sezisam, uzimni tuxtatiwga harakat qilamn

  3. Тимур

    хасад киладиган инсон, хеч качон бахтли бумиди. шуни унутмела.

  4. Bobur

    hasad qiseyla, hayotilani bowqalani hayotini bilan band bulib, utkazib yuborasila.

  5. Gulya

    good yaxshi maqola bupti

  6. Xurshid

    hasad qisa odam hayotini qisqartiradi.

  7. Rus

    z6r maqola 4iqibdi. raxmat fazotv

  8. Odilbek

    hasad qilgan inson, Xudoga qarshi 4iqqan insondir.

  9. Nazokat

    hasadsiz inson yasha olmaydi…

  10. Ma'mur

    hasad munosabatlarni o’ldiradi.

  11. Rasulbek

    hasad qiliw kere, bumasa bumidi rofl

  12. Oybe

    hasad qimela, wunda hammasi zur buladi

  13. Nasiba

    good yaxshi maqola

  14. UT

    good

  15. Davron

    hasad yurakda Xudo yuqligidan buladi, yuragida Xudo bor inson hasad qimidi, unga voqti bumidi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social