Hayotni qanday qilib ertangi kunga qoldirish mumkin?

Hayotni qanday qilib ertangi kunga qoldirish mumkin?

Bir odam bir vokzal zalida o’tirib, poezd kutib turar edi. Bu oddiy poezd emas edi, balki uning baxt poezdi edi. Poezd uni uzoq bo’lgan sokinlik va shodlik, tinchlik va totuvlik, mehr-muhabbat va qabul qilinish mamlakatiga olib borishi kerak edi.

Kutadigan joyda o’rindiqlar noqulay edi, lekin odam baxtli kelajak uchun noqulayliklarga sabr qilishga tayyor edi. Ba’zi yo’lovchilar bilan noqulaylik olib kelar, lekin u odam kutish xonasini tark etolmadi, u “o’z” poezdi kelishi haqidagi e’lonni o’tkazib yuborishdan qo’rqdi. Axir, yangi hayotga nisbatan “noqulay” qo’shnilar hech nima emasda. Xonada havo dim va bo’g’iq, lekin u odam hech nimaga qaramay poezd e’lonini umid bilan kutar edi.

Poezdlar ko’p edi, lekin ularning hech biri u insonga yoqmas edi. Bittasi juda tez haydar, boshqasi juda sekin, uchinchisi esa juda qimmat edi, to’rtinchi faqat platskart vagonlar bilan, beshinchisi juda shovqinli, oltinchisi platformada ikki daqiqa turar edi, yetinchisi juda ko’p vaqt turar edi. Kutish xonasidagi barcha yo’llovchi-qo’shnilar allaqachon o’z poezdlarida ketdilar va ularning o’rniga yangi yo’lovchilar kelishdi, o’sha odam esa umid bilan kutar edi.

Vaqt o’tib, uning ko’zlari xushyorligini yo’qotdi va u kelgan poezd sonini farqlashi qiyin bo’ldi. Qo’loqlari ham yaxshi eshitmay qoldi. “Poezd uchinchi yo’lga keldi”ning o’rniga “Hozir eng qulay vaqt barchani o’zgartirish uchun” degan gaplar eshitilar edi. O’rindan turib boshqa baxtli yo’lovchilarni kuzatish uchun qartaygan mushaklarini silkitar edi. Mehribon vokzal xodimlari o’z baxtini yarim asrdan ko’proq kutgan cholni ovqatlantirishar edi. Ammo poezd kelmadi.

“Kutish xonasiga” qanday qilib tushib qolish mumkin?

  •  Men xale … (yosh, keksa, tajribasiz, tajribali, ahmoq, aqlli, va hokazo);
  • Qachon ….. bo’lsa, keyin ….. (baxtli hayot boshlanadi);
  • Hozir juda ko’p….. (ish, tashvish, muammolar va boshqalar);
  • Juda oz …. (Pul, vaqt, imkoniyatlar, va boshqalar) … bor;
  • Menda ….. (boshqa bolalik, ota-onalar, ta’lim, mamlakat, ko’p pul va boshqalar) …. bo’lganda, shunda … (baxtli hayotga ega bo’lar edim);
  • Men harakat qilyapman …, lekin …
  • Men harakat qildim (ehtimol, 100 marotaba), lekin …..
  • Men xale tayyor emasman ….
  • Men dushanba, ertaga, ta’tilda, pensiyada, keyingi yil, boshlayman.

Siz nima tanlaysiz?

“Kutish xonasida” o’tirishnimi yoki poezdga chiqishnimi?

Nima bo’lishidan qa’tiy nazar 101 marotaba harakat qilamanmi yoki qulay paytni kutamanmi?

Yoki shunchaki harakat qilib ko’ramanmi?


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social