Hayotning eng muhim narsalari nima?

Hayotning eng muhim narsalari nima?

Bir o`qituvchi darsga bir necha jihozlar bilan kelibdi. Dars boshlanganda, o`qituvchi bir bankani olib unga toshlarni to`lgunga qadar solibdi. Shunday so`ng, o`quvchilardan banka to`ldimi deb so`rabdi. O`quvchilar bir ovozda Xa deb javob berishibdi.

O`qituvchi endi mayda toshchalarni olib, bankaga solishni boshlabdi. Keyin esa, o`qituvchi bankani silkitibdi va mayda toshchalar oldin solingan toshlar orasiga joylashibdi. Yana o`qituvchi banka to`laligini so`rabda va o`quvchilar to`la deb ta`kidlashibdi.

Shundan so`ng, o`qituvchi qumni olib shu bankaga solibdi va qum bankaning boshqa joylarini to`ldiribdi. O`quvchilar yana banka to`laligini aytishibdi.

Shunda o`qituvchi shunday debdi: banka – bu sening hayotingdir. Katta toshlar esa hayotning eng muhim narsalaridir ya`ni sening oilang, turmush o`rtog`ing, sog`liq va farzandlaringdir. Sen hayotda qanday omadsizliklarga uchramagin, lekin shular bilan baribir hayoting to`laligicha turadi. Mayda toshlar esa sening ishing, uy-joy, mashina va shunga o`xshash narsalardir. Qum esa qolgan boshqa mayda narsalardir.

Agarda sen bankaga birinchi qumni solsang, tosh va mayda toshlarga joy qolmaydi.  Huddi shunga o`xshab, agarda sen hayotingni keraksiz, mayda-chuyda narsalarga sarflasang, hayotning muhim narsalariga joy topa olmaysan.

Shunday ekan, hayotning muhim qirralariga katta e`tibor ber. Katta toshlar haqida birinchi navbatda fikr yurit va ularni asra. Hech qachon kech emas! O`zingga kechirim ber va kelajak tomon olg`a qadam bos!!!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qurbonali

    Qoyil zo’r judamam topib aytilgan gap

  2. Shaxlo

    Bunday ajoyib o’xshatishni hech eshitmagan ekanman. Insonni o’ylantirib qo’yadi.

  3. javoh

    biroq juda tori yozilgan smile

  4. javlon

    akalar maqolangiz mani uylanishimga sababchi buldi, haqiqatdan maqola juda yaxshi qilingan, oldim hech ham uqib eshitmagan ekanman, man uzim uchun yillar davomida tug’ri deb kelgan narsalarim aksincha notug’ri bulib chiqdi, bu fakt

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social