Inson fikrlarni boshqarishni bilmaydi!

Inson fikrlarni boshqarishni bilmaydi!

Fikrlar – bu insonlar boshqarishga o’rganmagan narsadir. Insonlar o’z harakatlarini boshqarishni o’rganishdi, lekin fikrlarni boshqarishni bilishmaydi. O’zingizni bir nima haqida fikrlashga majbur qilgandan ko’ra, biror bir harakatni qilish osonroqdir, to’g’rimi?

Tasavvur qiling-a, ko’cha bo’ylab biron-bir joyga ketyapsiz, lekin keyin sizga bir inson yaqinlashadi va sizni xohlagan joyiga osongina olib ketadi va siz itoatkorlik va irodasizlik bilan unga ergashasiz. Bo’lishi mumkin emas, to’g’rimi?

Lekin, bu sizning fikrlaringiz bilan sodir bo’ladi. Fikrlar boshingizga kirib huddi shu notanish odamga o’xshab bilmagan joyga olib ketishi mumkin.


Biz qushlarni boshimizdan uchib o’tishiga to’sqinlik qila olmaymiz, lekin biz ularni boshimizga o’tirib, ustiga uy qurishga yo’l qo’ymaymiz. Shunga o’xshab, ba’zan miyamizga keladigan yomon fikrlarga ham to’sqinlik qila olmaymiz, lekin biz ularni miyamizni yuvishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak.

© Martin Lyuter


 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social