Taniqli blogger qanday qilib uch bosqichda xotirjamlikka erishish mumkinligini aytib o’tdi.
Boshqa odamning xatti-harakatlarini o’zgartirishga urinmang, balki o’z munosabatingizni o’zgartiring. Ehtimol, bu ko’pchilikni g’azablantiradi. Nima uchun kimdir sizni jahlingizni chiqarsa siz o’zingizdagi biror narsani o’zgartirishingiz kerak? Chunki shunday qilib siz har qanday kishidan ko’nglingiz xotirjam bo’ladi.
Siz uchragan barcha insonlarni o’zgartirishga harakat qilsangiz, siz o’zingizni baxtsizlikka olib borasiz.
Tasavvur qiling-a, butun er yuzasi shisha bo’laklar bilan qoplangan. Uni yuqoridan biror narsa bilan yopishga harakat qilishingiz mumkin, ammo buni qilishning ilojisi yo’q. Poyafzal kiyish ancha osonroqdir. Bu ham jahlingizni chiqaradigan odamlarga nisbatan qo’llaniladi.
G’azablanganingizga e’tibor bering. Sizning ongiz shu insonni yoqtirmasligiga e’tibor bering. Siz uni ayblashni boshlaysiz, uning yomonligini o’ylaysiz, nima uchun u shu qadar g’ayritabiiy munosabatda bo’layotgani haqida fikr yuritasiz.
Bunday fikrlar sizga yordam bermaydi. Ular faqatgina boshqalar bilan munosabatlarni keskinlashtiradi va murakkablashtiradi. Ularni qoldiring. Tinchlik topishingiz uchun quyidagi uchta qadamni bajaring:
Bu insonning o’zini tutishi yoqmasligini tan oling. Siz hozirgi holatdan mamnun emassiz. Lekin bu bilan siz ba’zi haqiqatlarni inkor qilasiz. Hayotda hamma narsada ochiq bo’ling va hech narsani rad etmang.
Tasavvur qiling-a, siz daryo qirg’og’ida turib uning yo’nalishini o’zgartirmoqchisiz. Buning iloji yo’q va siz faqat xafa bo’lasiz. Endi boshqa odam daryo ekanligini tasavvur qiling. Uni o’zgarishini orzu qilishingiz, sizga xafagarchilik olib kelishi mumkin.
Shu inson qanday bo’lsa, uni shunday qabul qilishga harakat qiling. Azob, kamchiliklar va odatlarga ega bo’lgan oddiy odam sifatida unga qarang. Ularning ba’zilari sizga yoqmasligi mumkin, lekin bu tabiiydir.
Hamma narsaga ochiq bo’ling. Boshqalarni rad qilmang.
Har bir insonni o’z azoblari bilan ko’rishga harakat qiling va uni o’zligicha seving.
Bu sizni o’zgartiradi. Siz hukm qilmasdan boshqa odamlar bilan munosabat qurishni o’rganasiz.
Hukm qilmang va siz hukm qilinmaysiz!
Rahmat 70% mening motivatsiyam oshdi va kayfiyat tushkunlik yo’qoldi!
Agar hayotda baxtli bololmasang demak sen ozgarishni ozingdan boshla faqatgina ozing ozgarsangina hayoting ham ozgaradi maqsadlaringni orzu niyatingni togri uni aniq qil va maqsadlaring tomon qadam tasha oshandagina senda hammasi yaxshi boladi agar yaxshi bolmasa seni hali tugamagan chala qolgan hikoyang bor uni yaxshi tigatish seni qolingda shunday ekan nimani kutayapsan olga seni orzularing kutmoqda u tomon intil haraktni toxtatma ozingni sev shunda seni sevishadi hayot gozal uni xafa bolib yoki birovdan arzalab insonlarga jaxil qilish bilan otkazib yuborma chunki bu hayot otkinchi bugun borsan erta yoq oshanu uchun jaxil qilishga bu hayot qisqalik qiladi
Uf nimaga hech kim yoq qizlar qattasilar ey Azizam Mutahharo Samiya Jasmin opaku biroz muddatga ketkan bolsa boshqa hech kim yoqmi kutib otiraverib zerikib ketimu
Hamma uxlab yotgan bosa kere
Yaxshimisiz Gulim?
Assalom Alaykum Gozalim qalaysiz
Rahmat, oziz4i?