Intizom – bu muvaffaqiyat kalitidir

Intizom – bu muvaffaqiyat kalitidir

Motivatsiya vaqtinchalik hisoblanib, u tashqi sharoitlarga qarab o’zgarishi mumkin. Agarda siz qiyinchiliklarga qarshi turishni istasangiz, birinchi navbatda intizom juda muhimdir. Bu muvaffaqiyatning asosiy kalitidir. Sportchi chempionlarni yodingizdan chiqarmang. Ular mashq qilishni istashmasada, lekin doim shug’ullanishadi.

Hayotdagi ko’pgina narsalar reja asosida ketmasligi mumkin. Inqirozga uchragan vaqtda, yana turib harakat qilish uchun motivatsiya bo’lmaydi. Bu vaqtda o’z-o’zini tartibga solish va intizom yordamga keladi. Tony Fahkry ismli yozuvchi o’z blogida intizomni qanday qilib rivojlantirish kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Intizomni rivojlantirganda, siz o’zingizni muayyan tarzda harakatga o’rgatasiz. Buni yetarlicha uzoq vatq davomida qilsangiz, intizom odat bo’lib qoladi.

Maqsadlaringizga erishish uchun hissiyotlarni harakatlardan ajratishga harakat qiling. Ko’pincha hissiyotlar bizning xatti-harakatlarimizni belgilaydi va biz yakuniy maqsadni unutamiz. Lekin unutmang, maqsadga erishish quvonchi har qanday zavqdan ustun turadi.

Birinchidan, reja tuzing. Faqat, boshidan juda ko’p majburiyatlarni olmang. Misol uchun, agar sizning maqsadingiz haftada to’rt marta mashq qilish bo’lsa, asta-sekin tezlikni oshiring. Ikkinchi kundan boshlab, keyin mashg’ulotlarning sonini oshiring. Muvaffaqiyat birinchi qadamni qo’yib, asta-sekin rivojlanib borganda keladi.

Ikkinchidan, bu maqsad nima uchun muhimligini o’ylab ko’ring. Har kuni unga o’tish uchun jiddiy sabab bo’lishi kerak. Keyin yo’ldan adashish qiyin bo’lmaydi. Agar siz istaklaringiz va g’ayratingizni aniq tushunsangiz, hech narsa sizni muvaffaqiyatsiz qoldirmaydi.

Mashhur biznez maslahatchisi, Jim Rohn shunday dedi: “Barchamiz ikki xil og’riqni boshdan kechirishimiz kerak: intizom va afsus og’riqlari. Farqi shundaki, intizom og’rig’i grammni tashkil qiladi, afsus og’irig’i esa bir tonnadir”. “Afsuslar” sizni muvaffaqiyatsiz qoldirishiga yo’l qo’ymang.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Фарход

    Ех купрок йозмапсизда

  2. :-)/sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social