Ishonchingni yo’qotma!

Ishonchingni yo’qotma!

Ishon, hozir senda sodir bo’layotgan narsa birinchi navbatda miyangda bo’lyapti. Agarda har qanday qiyinchilik va hafagarchiliklarga to’g’ri munosabat qaratsang, ulardan o’tish mumkin.

Qiyinchiliklardan o’tish uchun foydali maslahatlar:

1. Kerak bo’lgan narsa sodir bo’ldi. O’zgartirolmagan narsa uchun kamtar bo’l. Shunday qilib sen o’z quvvatingni ruhiy qiyinchiliklarga sarflamaysan va to’g’ri fikr yurita olasan.

2. Qiyinlashtirma. Bo’sh joyda muammo chiqarishni barchamiz yaxshi ko’ramiz. To’xta! Hammasi sening qarashingga bog’liq, narsalarga ijobiy qara. Yangi muammolar paydo bo’lmasin, balki eskilari yo’q bo’lsin.

3. O’zingni o’zgartir. Sharoitlar o’zgarishini xohlaysanmi? O’zingni o’zgartir. Tashqi dunyoni, ishingni, narsalarni, atrofdagi insonlardan ko’ra bu eng qiyin narsa. Ichki dunyoga qara va nima uchun bu sen bilan sodir bo’layotgani haqida fikr yurit.

4. Muvaffaqiyatsizlik – bu yorliq. Tomas Edison shunday degan edi: “Men lampochka yaratganda muvaffaqiyatsizlikni ko’rmadim. Men uni ishlamasligini 99 usulini topdim”. Dono, shunday emasmi? Sen qilolmagan narsadan foyda ko’rishni o’rgan.

5. Hozir va shu yerda. Hozirgi vaqtni qadrla. Hozirda sen yashayotgan lahzalar, juda tez o’tmish bo’lib ketadi. Hayoting yoningdan o’tib ketishiga yo’l berma.

6. Xohishlaring quli bo’lma. Istagan narsaga ega bo’lmaganinga xafa bo’lma. Sening hissiyotlaring – sening bir qismingdir, sen ularni boshqarishing mumkin. Doimo ijobiy holatda bo’l, shunday yashash qulayroqdir.

7. Hursandchilikga yo’l ber. Agarda barcha muammolaring hal bo’lganda ham, sen qolasan. Sen – bu shunchaki sen, o’zingda havotir yukini olib yurma. Bo’shashishni o’rgan, hayotdan zavq ol.

8. Boshqalar bilan o’zingni solishtirma. Sendan yaxshiroq holatda bo’lganlar bilan o’zingni solishtirma. Ishon, hammaning o’z tashvishlari bor, hamma ham o’zicha bebaxt. Bor bo’lgan narsaga minnatdor bo’l.

9. Sen qurbonlik emassan. O’zing javobgarligini ol. Faqat sen o’zing hal qilasan, hech kim sening o’rningga buni qilmaydi. Esingda tut, Sen mustaqil shaxssan.

10. O’zgarishlar bo’ladi. Hamma narsa o’tadi, doimiy harakatlanish imkoniyati hamisha mavjud. Qiyin vaqtda o’zinga dalda ber, bu ham o’tib ketadi. Vaqt o’tyapti. Bor bo’lgan yaxshilikni qadrla, yomon narsalar erta-mi kechmi o’tib ketadi.

Esingda tut yaxshilik senga yordam beradi, bu narsa doim qaytadi va sening hayotingni ma’no va haqiqiy mo’jiza bilan to’ldiradi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dollar almashtiraman

    Zur hikoeykan. Yana bomi?

  2. Fazo.tv

    Albatta bor, saytimizning “Munosabat” bo’limiga tashrif bo’yiring!!!

  3. Amirxon

    Shuni ko’p insonlar afsus tushunishmaydi. Qiyinchiliklarga bosh bilan kirib ketib, hamma narsani esidan chiqazib qo’yishadi. Juda zo’r maslahatlar. Raxmat sizlarga.

  4. Dollar almashtiraman

    Hikoyani yana bir marta uqib chiqdim. Zur! Sanlani saytinda chyotkiy hikoyala bor. Boshqa saytlada nima uchun bunaqa infalani joylashtimidi? Saytilaga uje urganib qoldim. Bu saytilani maqsadi nima uzi?

  5. Dollar almashtiraman

    ///////////////////////// ishonchingni yoqotma \\\\\\\\\\\\

  6. Fazo.tv

    Bizning saytimiz hayotni sevadigan, hayotning dolzarb savollariga javob izlayotgan, do’stlar yordamiga yoki maslahatiga muhtoj va hayotni ajoyib tarzda o’tkazmoqchi bo’lgan insonlarga bag’ishlangandir
    Maqsadimiz, ajoyib insonlar dunyoga boshqacha nazar bilan qarashi, insonlar bir-biriga sevgi/kechirim bera olishlari va o’zlari istagandek farovon hayot kechirishlaridir!

  7. Fazo.tv

    Sizga yoqqanidan biz juda hursandmiz! Siz shu maslahatlarni biror-bir inson bilan bo’lishib ko’rganmisiz? Balki siz ham kimnidir qiyinchiliklarga bosh bilan kirib ketishini oldini olgandirsiz?

  8. Dollar almashtiraman

    Hush bironbir ajoyim insonla dunoyga boshqacha nazar biln qaradimi. Yoki birbiriga sevgi/kechirim bera olishlari va o’zlari istaganidek farovon hayot kechirishni boshladilami? Shunaqa odamla buldimi? Manyam ula bilan tanishtirin unda. manam biron nima urgani.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social