Juftingiz bilan yaqinroq bo’lishga yordam beradigan savollar

Juftingiz bilan yaqinroq bo’lishga yordam beradigan savollar

Bir necha yil muqaddam Nyu-York Times gazetasida “Kimnidir sevib qolish uchun, buni qiling” (“To Fall in Love With Anyone, Do This”) nomli maqola chop etildi. Maqola muallifi Mandy Len Catron, Stony Brook Universitetida o’tkazilgan Artur Aronning ishini nazarda tutadi.

Odatda psixologik tadqiqotlar ommaviy tarqalganda, ular ba’zi ma’nosini yo’qotadi. Tadqiqotning haqiqiy maqsadi 36 savoldan iborat bo’lib, bu narsa sevib qolishga yordam berish emas, balki ularni bir-biriga yaqinlashtirishdir.

Doktor Elaine Aronning aytishicha, ushbu savollarga do’stlar bilan yaqin munosabatda bo’lish uchun ham foydalanish mumkin. Mazkur savollarga birgalikda javob bering va bu savoldan savolga ulanib ketadi. Siz har bir savolga javob berishingiz shart emas, lekin qanchalik ko’proq ochiq javob bersangiz, shunchalik yaqin bo’lasiz.


1.Agar siz xohlagan insonni taklif qila olsangiz, kimni kechki ovqatga taklif qilgan bo’lar edingiz?

2. Siz mashhur bo’lishni xohlaysizmi? Qaysi sohada?

3. Qo’ng’iroq qilishdan avval siz nima gapirishni o’ylaysizmi? Nima uchun?

4. «Mukammal kun» siz uchun nimani anglatadi?

5. Oxirgi marta qachon o’zingiz uchun qo’shiq kuylagansiz? Kimgadir uchun?

6. Sizda 90 yoshgacha yashash imkoniyati mavjud. Sizda 60 yillik aqli yoki 30 yoshlik tanani saqlab qolishingiz mumkin. Qaysi birini tanlagan bo’lar edingiz?

7. Siz qanday qilib olamdan o’tishingizni taxmin qila olasizmi?

8. O’z juftingiz bilan bir xil deb hisoblagan uchta narsalarni sanab bera olasizmi?

9. Hayotingizda nima uchun ko’proq minnatdorsiz?

10. Agar siz tarbiyangizda biror narsani o’zgartirishingiz mumkin bo’lsa, nimani o’zgartirar edingiz?

11. To’rt daqiqada ichida, o’z juftingizga hayotingiz tarixini iloji boricha batafsil bayon qiling.

12. Agar ertaga ertalab uyg’onib, biror bir qobiliyatga ega bo’lsangiz, bu qanday qobiliyat bo’lar edi?

13. Agar kristalli shar o’zingiz haqingizda, hayotingiz, kelajagingiz yoki boshqa biror narsa haqida sizga aytib beradigan bo’lsa, nima deb so’ragan bo’lar edingiz?

14. Uzoq vaqtdan beri shug’ullanishni istagan narsangiz bormi? Nima uchun siz hali ham bu bilan shug’ullanmaysiz?

15. Hayotingizda eng katta yutuqni aytib bering.

16. Do’stlikda ko’proq nimani qadrlaysiz?

17. Eslashga arzigulik eng muhum voqea nima?

18. Eng yomonichi?

19. Agar tez orada o’lishingizni bilganingizda, hayotingizda nimani o’zgartirar edingiz? Nima uchun?

20. Do’stlik siz uchun nimani anglatadi?

21. Hayotingizda sevgi va muhabbat qanday ahamiyatga ega?

22. Juftingizning beshta ijobiy xususiyatlarini aytib bering.

23. Oilangiz qanchalik iliq va do’stona? Sizning bolaligingiz boshqalardan ko’ra baxtliroq bo’lganini his qilasizmi?

24. Onangiz bilan bo’lgan munosabat qanday?

25. “Biz” bilan boshlangan uchta to’g’ri gapni o’ylab ko’ring. Masalan: “Biz ikkalamiz ham bu xonada o’zimini … his qilamiz”

26. Gapni tugating: “Men yaqin inson bilan … bo’lishishga tayyorman”

27. Sizning juftingiz/sherigingiz siz haqingizda bilishi kerak bo’lgan narsalar bilan bo’lishing.

28. O’z juftingizda nimalarni yoqtirishingizni ayting. Rostini ayting, bu siz bilmagan odamga aytmaslik kerak bo’lgan narsa bo’lishi kerak.

29. O’z hayotingizdagi noqulay bir hikoyani aytib bering.

30. Siz oxirgi marta qachon boshqa odam oldida yig’lagansiz? Yolg’izlikdachi?

31. Juftingizda nima yoqtirganingizni ayting.

32. Hazil qilish mumkin bo’lmagan jiddiy narsa bormi? Agar shunday bo’lsa, bu nima?

33. Tasavvur qilingki, siz o’lyapsiz, hech kim bilan gaplasha olmaysiz. Qaysi aytolmagan so’zlardan afsuslanasiz? Nima uchun ularni hali ham aytmadingiz?

34. O’z uyingiz yonyapti va barcha oila a’zolari va chorva mollarini qutqarib olingandan so’ng, yana bir narsani qutqarish imkoniga ega bo’ldingiz, faqat bitta narsa. Bu nima bo’lar edi? Nima uchun?

35. Oila a’zolaringizdan kimning o’limi sizni ko’proq xafa qiladi? Nima uchun?

36. O’z muammoningiz haqida juftingiz/sherigingizga aytib bering va u shunday vaziyatda nima qilishi mumkinligi haqida so’rang. U ham huddi sizdek o’z muomolari bilan bo’lishsin va siz ham uni qanday hal qilishingiz mumkinligini aytib bering.


Bu savollarga birgalikda javob bering, yoki siz hali yaqinroq bo’lishni istagan hamkor yoki do’stingiz bo’lmasa, o’zingizdan so’rang. Birinchidan, u yaqinlashishga yordam beradi, ikkinchidan – shaxsiyatingiz haqida yangi qirralarni ochadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juftingiz.

    Menga juda ham yoqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social