Konditsioner bo‘lmaganda, issiqdan himoyalanishga yordam beradigan 10 ta layfxak

Konditsioner bo‘lmaganda, issiqdan himoyalanishga yordam beradigan 10 ta layfxak

Uzoq kutilgan yoz mavsumi boshlanishi bilan insonlar ko‘pincha ob-havo chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lishiga duch keladi. Ba’zilar salqinlikni saqlash uchun uyga konditsioner o‘rnatadi. Ammo bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar-chi? “Noviy ochag” nashri konditsionersiz uyda issiqlikdan himoyalanishning samarali usullarini taqdim etdi.

Tashqarida 30 yoki undan ortiq daraja issiq bo‘lsa, kvartiraning ichi chidab bo‘lmas holatda issiq bo‘ladi. Lekin uyga konditsioner xarid qilish qilish bilan hammasi hal bo‘lmaydi. Qurilmani sotib olishning o‘zi etarli emas, uning o‘rnatilishi ham pul talab qiladi. Shu bilan birga, o‘rnatishda ham tekshirib ko‘rilishi kerak, chunki uni ba’zi uylarning jabhalariga o‘rnatish taqiqlanadi.

Konditsionersiz uy derazalariga folga osib qo‘ying

спасаемся от жары дома без кондиционера

Ba’zi uylarning derazalari folga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Bu xonani yorqin quyosh nurlaridan himoya qilishning eski va oddiy usullaridan biri hamda shu bilan birga issiqlikdan qochishdir. Folga quyosh nurini qaytaradi va xonada haroratni pasaytirishga yordam beradi. Sotib olingan folgani maxsus yopishqoq lenta yoki sovunli eritma bilan yopishtirish mumkin. Biroq, ikkinchi holatda, uni pichoq bilan yirtib olish va derazalarni yuvish kerak bo‘ladi, shuning uchun lentadan foydalanish qulayroqdir.

Derazalarga qoraytiruvchi yoki nur qaytaruvchi plyonkalarni yopishtiring

спасаемся от жары дома без кондиционера

Folga o‘rniga konditsionersiz issiqlikdan qutulishning zamonaviyroq varianti mavjud. Bu tabiiy yorug‘likni to‘sib qo‘ymaydigan, lekin yorug‘likni aks ettiradigan maxsus rang berish yoki nur qaytaruvchi plyonkalardir. Ular oynani qoraytiradi, lekin derazadan tashqarining ko‘rinishga xalaqit bermaydi. Ularni har kim o‘zi qo‘llashi mumkin va ish paytida ular qo‘shimcha parvarish qilishni talab qilmaydi.

Xonani salqin saqlash uchun ventilyatorga muzli idishlar o‘rnating

спасаемся от жары дома без кондиционера

Ushbu qurilmani yasash uchun oddiy ventilyator va bir nechta 1,5 litrli plastik butilka kerak bo’ladi. Plastik idishlarni suv bilan to‘ldirib, muzlatgichga qo‘yiladi. Keyin ular sim bilan bog‘lanib, qurilmaning orqa tomoniga qotiriladi. Ventilayotor xonaning burchagiga qo‘yiladi va derazadan uzoqroqqa yo‘naltiriladi. Bunday vaqtda muzlarning erib, oqib chiqa boshlashiga tayyor bo‘lish, shuning uchun qurilma ostidagi suv uchun idshni almashtirish yaxshiroq. Bu nafaqat konditsioner bo‘lmaganda xonani sovutishga, balki uydagi havoni namlantirishga ham yordam beradi.

Parda va jalyuzilardan foydalaning

спасаемся от жары дома без кондиционера

Yorqin quyosh nuri xonaga kirganda, u xona haroratini 10 darajaga ko‘tarishi mumkin, shuning uchun pardalar quyosh nuri kirmasidan oldin yopilishi kerak. Qalin pardalar bo‘lmasa, jalyuzi yoki himoya pardalar bu vazifani yaxshi bajaradi. Shuning uchun, ertalabki soatlarda, harorat endigina ko‘tarila boshlaganda, derazalarni yopib, pardalarni yoki jalyuzilarni tushiris kerak. Bu maslahat, ayniqsa, derazalari janubga qaraganlar uchun to‘g‘ri keladi.

Uydagi havoni namlang

спасаемся от жары дома без кондиционера

Agar uyda namlagich bo‘lsa, unga sovuq suv quyib, har ikki soatda yoqish mumkin. Buni haddan tashqari oshirib yubormaslik kerak, chunki doimiy ishlayotgan ventilyatorga qulaylik keltirmaydi va kvartiradagi nam havo faqat issiqxona effektini yaratadi. Yalpiz barglari yoki bodring po‘stini suvga qo‘shib, tetiklantiruvchi sprey tayyorlash mumkin. Shishalarni muzlatgichga qo‘yib, kerak bo‘lganda foydalaning. Sovuq suvni yopiq xonada ishlaydigan ventilyator oldida purkash mumkin.

Issiq havoda salqin choyshab

спасаемся от жары дома без кондиционера

Agar issiq havo uxlashga xalaqit qilsa, toza choyshabni muzlatkichga bir necha soatga qo‘yish kerak. Salqin kiyimlarda uxlab qolish ancha yoqimli bo‘ladi. Zig‘ir va paxta matoli yostiqlar yengil va havo o‘tkazadi.

Issiq havoda pechka, gaz va dazmoldan kamroq foydalaning

спасаемся от жары дома без кондиционера

Kvartira gaz va dazmoldan tufayli ham isib ketishi mumkin. Konditsionersiz uyda issiq kunlarda gazdan kamroq foydalanishga harakat qiling va to‘plangan kirlarni dazmollamang. Natijada issiqlik va terdan azob chekishga hojat qolmaydi.

Grelka yoki sochiqni sovutib oling

спасаемся от жары дома без кондиционера

Yana bir layfxak — konditsionersiz uyda issiqlikdan qanday qutulish mumkin. Iliq dush oling, u tana haroratini pasaytiradi va xonadagi harorat haqiqatdan ham pastroq degan xayolni yaratadi. Agar havo juda issiq bo‘lsa, bo‘yinning orqa qismiga salqin, nam sochiqni qo‘yish kerak. Bunday sovuq kompresslar foyda beradi.

Kvartirani konditsionersiz sovutish uchun nam tozalashni amalga oshiring

спасаемся от жары дома без кондиционера

Albatta, kvartirani konditsionersiz sovutish uchun issiqda, uydagi isiydigan yuzalarni sovutadigan muzli suvdan foydalanib, nam tozalashni tez-tez bajarish tavsiya etiladi. Shunda osonroq nafas olish mumkin, chunki havoda chang kamroq bo‘ladi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. raxmat, foydali buldi

  2. konditsioner eng yaxwisi baribir

  3. konditsioner havoni quritadi, wunga uvlajnitel quyiw kere baribr

  4. turi etas, lekin usizam buladi konditsioner tegida utirsa

  5. hozir kondsiz utiribman, uvlajnitel tegida, mazza

  6. bunaqa issuda, ku4agan 4iqmagan yaxwi

  7. Sumayya

    Assalomu alaykum. Faqat kechqurun chiqyapman

  8. ku4aga 4iqib bumetti

  9. konditsionersiz yawab bularkanmi uzi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social