Barchamiz tajriba orqali bilamiz, kuzda mehnat qilishga xohish yo’qoladi va zerikish davri boshlanadi. Issiq to’shakda ko’proq qolishga xohish, ishga bormaslik, choy ichib va ko’z yoshi bilan melodramalarni tomosha qilish istagi kuchayib ketadi. Shunday xolatlar barchamizga ma’lum.
Bundan tashqari, hursandchilik gormoni kuzda kamroq hosil qilar ekan.
Yaxshi kayfiyatni qanday qaytarishimiz mumkin, biz ushbu maqolada aytib o’tamiz.
1. Ko’proq yorug’lik
Agar siz erta tongda tursangiz, unda ertalabki sayrga chiqing. Kuzda yopiq maydonga qaraganda ko’chada ko’proq yorug’lik mavjud. Tetiklantiruvchi yurish kayfiyatni ko’taradi.
2. Sog’lom uyqu
Siz ishda juda charchadingiz va uyga qaytgach, kompyuter oldida soatlab o’tirishda davom etasiz. Shunday qilib, siz o’zingizni va sog’ligingizni buzasiz va miya dam olishingizga yo’l qo’ymaysiz.
3. Dangasalik – yomon do’st
Barchamiz tushunamizki, ertalab hali qorong’i va issiq to’shagidan voz kechish qiyinroqdir. Shuning uchun, ertalabgi yugirishni, raqs yoki fitnesga o’zgartirish mumkin. Misol uchun, raqslar kayfiyatga yaxshi ta’sir qiladi.
4. Qahva – ertalabki ichimlik
Uyqudan oldin bu jonli ichimlikni ichish qat’iyan man etiladi. Qahvaning ta’rifi ertalab uni ichish yaxshiroq ekanini aytadi.
5. Sog’lom ovqat
Kuzda bizning immunitetimiz zaiflashadi, shuning uchun uni shirinliklar yoki nosog’lom taomlar bilan yo’q qilmang. Sizning kun davomidagi ovqatlanish jadvaliga foydali mahsulotlarni ham qo’shing.
6. Kamroq xavotir oling
Ishdan so’ng, hammomni qabul qilish, nafas olish mashqlarini bajarishingiz mumkin. Shunday bo’lsa-da, siz o’z kayfiyatingizni buzgan barcha yomon fikrlaringizni yozib olishingiz mumkin, va men ishonaman, yomon fikrlar o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.
7. Telefon va ijtimoiy tarmoqlar do’st emas
Miyangizga dam bering va uni kontaktda biron-bir maqom yoki axmoqona o’yinda bilan yuklamang. Do’stlaringiz bilan muloqot qilishingiz kerak bo’lsa, ularni suhbat qilish o’rniga kechqurun aylanisga taklif qiling.
8. Sevgi
Ushbu hissiyot qondagi serotonin darajasini ko’taradi, shuning uchun sevgi ham sog’lig’ingizga foydali bo’lishi mumkin. Hech narsa bizni sevgidan ko’proq hursand qilmaydi.