Saudiya Arabistonida cho‘qqida osilib turuvchi yangi stadion quriladi

Saudiya Arabistonida cho‘qqida osilib turuvchi yangi stadion quriladi

Dunyodagi eng yirik raqamlashgan inshootlar quruvchisi Populous kompaniyasi cho‘qqi ustida innovatsion stadion qurilish rejasini oshkor qildi. U katta LED displeyi egiluvchan dizaynga ega bo‘ladi.

Shahzoda Muhammad bin Salmon stadioni yerdan 200 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqisida qurilishi rejalashtirilmoqda. Stadion Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddan transportda taxminan 40 daqiqalik masofada joylashadi.

Stadionning umumiy sig‘imi 45 ming o‘rinni tashkil qiladi. Arena futbol, ​​boks, kibersport, konsertlar va teatr tomoshalariga mezbonlik qiladi, shuningdek, Saudiya Arabistoni Professional futbol ligasi ishtirokchilari “Al-Hilol” va “Al-Nasr” futbol klublarining uy maydoni bo‘ladi. Balki 2034-yilda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari ham shu yerda o‘tkazilar.

Populousning taʼkidlashicha, bu dunyodagi birinchi integratsiyalashgan tom qismi to‘liq yig‘iladigan, qiyadagi maydon va LED devorlarga ega arena hisoblanadi. LED devorlarda o‘yinlar jonli namoyish qilinadi. Foydalanilmayotgan vaqtda stadionda Qiddiya shahrining ajoyib manzaralarining namoyishi bo‘ladi.

Shubhasiz, Saudiya Arabistonining cho‘l hududida konsertlar, futbol o‘yinlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish tomoshabinlar uchun qulaylik nuqtai nazaridan jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shularni inobatga olgan Populous kompaniyasi bevosita stadioning pastki qismida sunʼiy ko‘l qurishni rejalashtirgan.

Stadion qachon qurib bitkazilishi haqida hozircha maʼlumotlar yo‘q.

Bu Saudiya Arabistonidagi yana bir shov-shuvli arxitekturaning namunasidir. Mamlakat yetakchilari neftga asoslangan iqtisodiyotdan turizmga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishga intilmoqda.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Нефт тугашини билишади дэ, шунга шунча харакат laugh

  2. Aziza

    Neft tugawi mumkinmi ulada?

  3. Тимур

    Ха албатта, нефт хам тугиди бир кун келиб, шунга була туризмни яхшилашмокчи

  4. Тимур

    Лекин запретлага тула давлатга купла бормиди

  5. Aziza

    Uqidim, spirtli i4imlilayam sotiwni bowlawarkan

  6. Тимур

    Хаммаси шунака, туристла келишига харакат

  7. Otabek

    Chiroyli stadion bo’lar ekan

  8. Nodir

    good good good

  9. Kozim

    Chiroyli qilishibti

  10. Karim

    good

  11. Qobulov Mansur

    Qachon tayyor bo’lar ekan?

  12. Holmira

    Yaxshi narsa ekan

  13. V

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social