Maktab haqida

Maktab haqida

Har bir oilada bolalardan kimdir maktabga borishni istamaydi. Ba`zan bunga sabab topolmay qiynalasiz. Maktabga borishga qiziqitirib ko`rasiz. Harakatlaringiz zoe ketadi. Bunday paytda yaxshilab o`ylab ko`rish kerak. Nega bola maktabga borishni yoqtirmaydi? O`qituvchilar yomonmikan? Yoki o`rtoqlari urib qo`yaptimi? Bu savollar bilan boshingizni qotirib o`tirmang.

Bolangiz fanlarni yaxshi o`zlashtirolmagani bois, boshqa yaxshi o`qiydigan o`quvchilar oldida o`zini juda kamsitilgandek his qiladi. Uni hech kim kamsitmasa ham o`z ichki «men»i oldida o`zini yomon his qiladi.

Xuddi o`zining kamchiliklarini ko`zguda ko`rib turganday bo`ladi. Boshqalarning yutuqlaridan, muvaffaqiyatlaridan o`zining qanchalik uquvsiz ekanligini ko`rib qoladi. Aynan mana shu narsalar uni maktabga borish fikridan qaytaradi.

Demak, sizningcha, maktabga borishni istamasliklarning sababi, darsliklarni yaxshi o`zlashtirolmaganliklarida ekan-da?! Unday bo`lsa, bolalarni qanday qilib, maktabga jalb qilishga, va o`zlari haqida yaxshi fikrlashga o`rgatish mumkinligi haqida bosh qotirish kerak.

Ruxshunoslarning fikricha, fanlarni yaxshi o`zlashtirolmaydigan bolalarda o`rganish tartibsizligi, ya`ni uquvsizlik mavjud. Bu xarakterga bog`liq tartibsizlik emas, o`rganishga doir tartibsizlik. Bolaning uquvsizligi o`quvchiga muammo tug`diradi.

Aynan mana shu narsa bolani maktabga bormaslikka undaydi. Bolada o`rganish borasida uquvsizligi, uning aqli zaifligidan nishona emas. Bu muammoda ularning hech qanday aybi yo`q. Aslida, o`rganish tartibsizligi ba`zi bolalarda tug`ma bo`ladi. Ular mana shu o`rganish tartibsizligi bilan dunyoga keladilar.

Biz boyadan beri o`rganishdagi tartibsizlik haqida gapirayapmiz-u, tinglovchilarga uning nima ekanini tushuntirganimiz yo`q. Ba`zi bolalarda xotira, ya`ni eslab qolish qobiliyati juda past bo`ladi. Agar bolada o`rganish borasida tartibsizlik bor bo`lsa ham, to bola 6-7 yoshga to`lib, maktabga borib, kara-jadvali va boshqa matematik hisob kitoblarni o`rganmaguncha, bundan boxabar bo`lolmaymiz.

Bolada o`rganish borasida uquvsizlikning borligi o`shanda bilinadi. Bu narsa uning maktabdan tashqaridagi hayotida ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Bolalarda uchraydigan uquvsizlik turlicha bo`ladi. Ba`zi uquvsizliklar bolalarga katta muammo tug`diradi. Ba`zi bolalar o`qishga uquvsizroq bo`ladilar, biroq ularni butunlay aqlsiz deb bo`lmaydi.

Fikringizga mutlaqo qo`shilaman. Bunday bolalar o`qishga uquvsiz bo`lsa ham, matematik hisobga usta bo`lishlari mumkin. Ëki bo`lmasa, ba`zi bolalar adabiyot, til va boshqa fanlardan yaxshi o`zlashtirsa ham, aynan hisob-kitobga kelganda uquvsizlik qilib qolishi mumkin.

Bu narsa ham ularning shaxsiy «men»iga zarba beradi. U yoki bu sohadagi uquvsizlik bolalarning do`st orttirishlariga, o`zi haqida to`g`ri hulosa chiqarishlariga, boshqalar bilan bemalol til topishib ketishlariga halal berishi mumkin. Matematik hisob-kitobga uquvsiz bo`lgan bolalar, sonlarni eslab qolishga ham qiynaladilar, fikrlarini sekinroq bayon etadilar.

Aniqrog`i bunday bolalarning miyasi sekinroq ishlaydi. Shunday bo`lgani bilan bunday bolalarni aqlsiz deb bo`lmaydi. Shu ma`lumotlarga tayangan holda bolalaringizga o`zlari haqida to`g`ri fikr yuritishlariga yordam bering. Bunday paytlarda ular chindan ham sizning maslahatingizga va daldangizga muhtoj bo`lishadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilshod

    dono fikrlar keltirilgan. Ochig’ini aytganda meni ham yoshligimda o’qishga hohishim bo’lmagan edi. Ota onam meni matematika ukloniga majburlar edi lekin men esa gumanitar fanlarni yahshi ko’rar edim. Manimcha bu hikoya farzandlari maktabga chiqqan otaonalarga juda foydali bo’ladi. Hikoya muallifiga shahsan rahmat aytaman.

  2. Номаълум

    Менимча бу хикоя отаоналарга жуда фойдали булади. Чунки афсус купчилик ойилаларда бундай маданият йук. Агар бола укишни эплай олмаса бунда доим бечора фарзандни айиблашади, сукишади, ундан ёмони эса уни калтаклашадиям. Афсус ва яна афсус. Шахсан мен ушбу сайт хикояларини кизикиб укийман. Буларни узингиз ёзасизми ёки бирон жойдан таржима киласизларми. Яхши. Сизларга катта рахмат. Омон булинглар. Шундай хикоялар сонини купайтираверинг.

  3. XA, bolalrning maktabga borishi juda ham qiyin. Ularni o’qishga qiziqtirishga zarurdir!!!

  4. Shahzoda

    Juda ham tugri sozlar rostan ham bolaga eng muhimi uqishida ham ota-onalari dalda bulishlari kerak bu maqola juda ham manoli ijodizga omad

  5. Fazo.tv

    Salom Shahzoda! Katta rahmat sizga! Biz qolasiz degan umiddamiz smile

  6. ☆☆☆

    Ha wundey bolalarni savodini owiriw kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social