“Bunyodkor” “Adelaida Yunayted”ni engdi!

“Bunyodkor” “Adelaida Yunayted”ni engdi!

“Bunyodkor” “Adelaida Yunayted”ni engdi va yarim finalga yo`l oldi.

Osiyo Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvlarining yana bir Toshkentdagi “Jar” stadonida nihoyasiga etdi. Unda “Bunyodkor” jamoasi Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” klubini qabul qildi.

Murosasiz va shiddatli kurashlarga boy bo`lgan o`yinning asosiy daqiqalari 2:2 hisobi qayd etildi.

4-daqiqada Yan Ramsiy hisobni ochadi. 20-daqiqada Lutfulla To`raev boshi bilan chiroyli tarzda gol urib hisobni tenglashtirdi. 64-daqiqada Neyman yana “qaldirg`ochlar” darvozasini ishg`ol etishga erishdi. Tinib-tinchimas Akmal Shorahmedov 7-daqiqada o`ta muhim golni kiritib, hisobni 2:2 ko`rinishiga olib keldi.

Shundan so`ng, 15 daqiqadan iborat ikki bo`lim boshlandi. Birinchi bo`limda hisob o`zgarmay qoldi. Aksincha, Anvar G`ofurov ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Endi maydonda futbolchilari 10taga 10ta bo`lib qolishdi.

Ikkinchi bo`limda esa teng kurashlar boshlandi. 115-daqiqada Alibobo Rahmatullaev uchinchi golini kiritib “Bunyodkor”ning g`alabasini ta`minlab berdi.

G`alabalar muborak bo`lsin, qadrli futbolsevar do`stlar!

1

2

3

Osiyo Chempionlar ligasi, chorak final “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” — 3:2

Gollar: Lutfulla To`raev (20), Akmal Shorahmedov (72), Alibobo Rahmatullaev (115) – Ian Remsi (4), N`yuman (64).

“Bunyodkor”: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibroximov, Lutfulla To`raev, Artyom Filiposyan, Kamoliddin Murzoev, Jasur Hasanov, Viktor Karpenko (s) (Alibobo Rahmatullaev, 71), Yan Kozak (Anvarjon Soliev, 66, Shavkat Salomov, 95)

“Adelaida Yunayted”: Yujin Galekovich (s), Jon Makkeyn, Kassio, Serjio van Diyk (Osama Malik, 90+1), Dario Vidoshich, Kameron Vatson, Daniel` Bovles, Ian Remsi (Bryus Dayt, 112), Fabin Barbiero, Ian Fayf, Evan Kostopoulos (Jeronimo N`yuman, 61)

Maydondan chetlatish: Fabian Barbiero (89), Anvar G`ofurov (100), Ian Fayf (119).

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Бўларкану!

  2. Шахобиддин

    Беш кеттим. Молодец. Энди кутамиза нима булишини.

  3. Raxmat

    YOUTUBdan yahshi roliklarniyam joylashtirsangiz soz bo’lar edi. Yigitlarimiz yahshi. Ish qilib keyingi bosqichlardan ham o’tib olishsa yahshi bo’lardi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social