Muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar amal qiladigan 10 qoida

Muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar amal qiladigan 10 qoida

Millioner Richard Sent-Jon eng muvaffaqiyatli odamlar, jumladan Bill Geyts, Opra Uinfri, Richard Brenson, Joan Rouling bilan 500 dan ortiq intervyu o‘tkazadi, yuzlab boshqa biografiya va xotiralarni tahlil qiladi va “Katta sakkizlik kitobini yozadi. Unda barcha muvaffaqiyatli odamlar nima bilan shug‘ullanishi va ularni nima birlashtirishi haqida so‘z boradi.

Muvaffaqiyatli odamlar qalbiga quloq soladi

Barcha muvaffaqiyatli odamlar qalbiga ergashadi, o‘zlari sevgan va ularni ilhomlantiradigan ishlarni qiladi. Mashhur aktyor Rassel Krou “Eng yaxshi erkak roli” yo‘nalishida “Oskar”ni qo‘lga kiritishining bir sababi borligini aytadi: “Men aktyorlikni shunchaki yaxshi ko‘raman — ishimni butun vujudim bilan sevaman. Men obraz yaratishni yaxshi ko‘raman. Bu hayotimning ma’nosi”. Mashhur ixtirochi Tomas Edison shunday degan edi: “Umrimda bir kun ham ishlamaganman, shunchaki ishimdan zavq oldim”.

Muvaffaqiyatli odamlar qattiq mehnat qiladi

8 soatlik ish haftasi haqidagi hikoyalarni va turli biznes-murabbiylar taklif qiladigan boshqa bema’ni narsalarni unuting. Muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p mehnat qilish kerak. Masalan, taniqli teleboshlovchi Opra Uinfri suratga olish maydonchasiga ertalab soat 5:30 da yetib kelganini aytadi: “Men ertalabdan kechgacha tik oyoqda turganman. Quyoshni ko‘rmagan kunlarim bo‘lgan, chunki pavilyondan pavilyonga yugurib yurardim. Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, kuniga 16 soat ishlashingiz kerak bo‘ladi”.

Muvaffaqiyatli odamlar pul ketidan quvmaydi

Ko‘pchilik mashhurlar hech qachon pul ketidan quvmagan, balki faqat o‘zlari yoqtirgan ishni qilgan. Masalan, Bill Geyts shunday deydi: “Microsoft kompaniyasini o‘ylab topganimizda, bundan pul ishlashimiz mumkinligini umuman o‘ylamagan edik. Bizga dasturiy ta’minotni yaratish jarayoni yoqardi. Uning gigant korporatsiyaga aylanishi hech kimning xayoliga kelmagandi”.

Muvaffaqiyatli odamlar o‘zlarini qanday yengishni bilishadi

Menejmentning “otasi” Piter Draker har doim muvaffaqiyat kaliti “o‘zini harakat qilishga majburlash” ekanligini aytdi. “Muvaffaqiyatingiz iste’dodlaringizga bog‘liq emas, balki komfort zonangizdan qanday chiqishni bilishingizga bog‘liq”, deydi Piter. Richard Brenson ham xuddi shunday fikrni aytadi: “Men har doim imkoniyatlarim chegarasigacha ishlayman. Bu juda tez o‘sishimga yordam beradi”.

Muvaffaqiyatli odamlar ijodkor bo‘ladi

Mashhur “mahsulotlar” g‘oyalardan kelib chiqadi. Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, ijodkor bo‘lishingiz kerak. Ted Tyorner birinchi bo‘lib yangiliklar translyatsiyasi 24/7 amalga oshirilishi mumkin deb o‘ylagan. U haftasiga 7 kun 24 soat efirga uzatiladigan CNN24 kanalini ishga tushiradi. Ushbu g‘oya tufayli Ted multimillioner va mediamagnatga aylandi.

Muvaffaqiyatli odamlar shubhalar bilan qanday kurashishni biladi

Agar siz muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, shubhalaringizni bir chetga surib qo‘ying. Aktrisa Nikol Kidman shunday deydi: “Men doim rolimni juda yomon o‘ynayman, deb o‘ylayman. Film suratga olishni boshlaganimizda, har ikki haftada men rejissyorga mendan ko‘ra rolni yaxshiroq ijro etadigan aktrisalar ro‘yxati bilan murojaat qilaman. Ammo keyin tinchlanaman — yoki shubhalar sizni yengadi, yoki siz ularni. Hammasi oddiy”.

Muvaffaqiyatli odamlar diqqatni jamlashni biladi

Hozir ko‘pchilik diqqat yetishmasligi buzilishining mavjudligi haqida gapirishadi va bu odamlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar inson sevimli mashg‘ulotini topsa, diqqatini unga qaratishi mumkin. Taniqli rejissyor Norman Jevison shunday deydi: “Menimcha, hayotdagi hamma narsa diqqatingizni bir narsaga qaratish va o‘zingizni unga bag‘ishlash qobiliyatingizga bog‘liq”.

Muvaffaqiyatli odamlar dam olish kunlarini yoqtirmaydi

Badavlat odamlar nega nafaqaga chiqmasligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Uorren Baffet buni shunday izohlaydi: “Men ishlashni yaxshi ko‘raman. Yakshanba kelsa, ko‘plar kabi quvonmayman, dam olish kunlari ham ishlashimni bilaman”. Mashhur aktyor va prodyuser Uorren Biti qo‘shimcha qiladi: “Haqiqiy professionallar har doim nima qilayotganlarini tushunmasdan muvaffaqiyatga erishadilar: ishlash yoki undan zavq olish”.

Muvaffaqiyatli odamlar yanada yaxshiroq bo‘lishga intiladi

Muvaffaqiyatli odamlar doimo o‘zlarini va mahsulotlarini qanday yaxshilashlari haqida o‘ylashadi. Misol uchun, buyuk ixtirochi Tomas Edison shunday degan: “Men hech qachon biror predmetni qanday yaxshilashim mumkinligini o‘ylamasdan ko‘rib chiqmayman. Yaxshiyamki, yoshligimda 8 soatlik ish kuni hali o‘ylab topilmagan edi. Agar hayotim shu qadar davom etadigan ish kunlaridan iborat bo‘lsa, boshlagan ishlarimning ko‘pini oxiriga yetkazish qiyin bo‘lardi”.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Муваффакиятга эришган инсонлар хар доим узига ва кивотган ишига ишонишган

  2. Тимур

    Худо ердамида барча яхши ниятларизга эришасила

  3. Boylarning ko’pchligi rivojlangan davlatlarda tug’ilishgan.

  4. Тимур

    Бу гапизда жон бор, экономика ривожланган давлатларда муваффакиятга эришиш анча осонрок булади

  5. Bizda ham muvaffaqiyatga erishsa bo’ladi, faqatgina muvaffaqiyatni qanday baholashga qarash mumkin.

  6. Bizda muvaffaqiyatga erishgan odamlarni dunyoda bilishmaydi

  7. Yaxshi maqola bo’pti, rahmat.

  8. Men albatta muvaffaqiyatga erishaman bu dunyoda!!!

  9. Juda foydali maqola bo’libti

  10. Juda kerakli ma’lumotlar. Rahmat adminlaga

  11. Ulug'bek

    Saytilaga har kuni kirib turaman. Juda yoqadi

  12. Yaxshi yaxshi

  13. Dilshoda

    Raxmat

  14. Yo'lbars

    Klass, juda yoqdi

  15. Bog'bon

    Men ham muvaffaqiyatga bir kuni erishaman

  16. Juda qiziq, rahmat smile

  17. Yaxshi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social