Nima uchun boylar kambag’allarga qaraganda kamroq Xudoga ishonishadi?

Nima uchun boylar kambag’allarga qaraganda kamroq Xudoga ishonishadi?

Turli ilmiy tadqiqotlar mamlakatdagi dindorlik va daromadlar o’rtasidagi munosabatni aniqlashga harakat qildi.

Gallup kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ma’lumotlar va bozor tahliliga ixtisoslashgan global so’rov o’tkazildi. U dunyodagi 66 dan ortiq mamlakatlarda fuqarolarning hayotida din qanchalik muhim ekanini aniqlashga harakat qildi.

Hayotda din muhim deb hisoblagan 62 foiz insonlarni kattalar tashkil qildi. Butun jamiyatning 82% o’zini imonlilar deb va 13 % ateistlar deb hisoblaydi.

Imon-e’tiqod kundalik hayotda kamroq ahamiyatga ega bo’lgan davlatlar Estoniya (16%), Shvetsiya (17%), Daniya (19%), Yaponiya (24%), Gonkong (24%) va Buyuk Britaniya (27%) bo’ldi. Bu mamlakatlarda inson rivojlanish indeksi ancha yuqori, ularning hayot sifati va tibbiy xizmatlar juda yaxshi rivojlangan.

Boshqa tomondan, eng diniy davlatlar Tailand (98% diniy e’tiqodga ega bo’lgan), Nigeriya (97%), Hindiston, Gana, Kot-d’Ivuar va Papua-Yangi Gvineya (94%) deb topildi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar yoki daromad va boyliklari kam bo’lgan davlatlar hisoblanadi.

Shunda qilib, qashshoqlik to’g’ridan-to’g’ri e’tiqodga ta’sir qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi, aksincha emas degan fikrni berishdi.

Insonlar, yetishmovchilik, ta’lim olish imkoniyatining yo’qligi va qiyin sharoitlarda qo’llab-quvvatlashni imonda qidirishga majbur bo’ladilar. Shu tariqa, ularga kunlik kamchiliklardan o’tishda yordam berar ekan.

Ushbu olimlar tadqiqotiga nima deysiz? Imon sizga nima beradi?

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Kerakidan ham ortiq narsalarni beradi e’tiqod!
    1. O’zini o’zi boshqarish
    2. Ruhiy kuchlilik
    3. Insoniylik fazilatlarini

  2. Men ham oz fikrlarimni bildirmoqchiman.yuqoridagi maqoladagi statistikaga qarab 2 yildan birini tanlash kk deb oylamayman.Alloh bizga nimaiki bergan bo’lsa osha narsa bizga kkligi uchun bergan. Dinimiz ham dunyo nematlari ham.ularning har birdan bahram and bo’lishimiz kerak.tarozini 2 pallasini muvozanatda tutsak biz ozimizni ham moddiyat ham ruhiyat jihatidan osoyishta his qilsak kk deb oylayman.mana shu narsalar ortasidagi uyg’unlikni topa olishimiz uchun ham dunyodagi kop narsalar 2 tomonlama xarakterga ega bolsa kerak.

  3. Fazo.tv

    Salom Nozima! Fikringiz uchun katta rahmat. Fikringiz juda to’g’ridir. Afsus ko’plar buni tushunishmaydi sad Biz bilan qolasiz degan umiddamiz smile

  4. Juda muhim maqola. Hamma korsin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social