Nima uchun bu g’iybatlarni aytish keragi bor?

Nima uchun bu g’iybatlarni aytish keragi bor?

Bir yosh yigit faylasufning oldiga yaqinlashib, dedi:

– Sokrat, eshitdingizmi? Do’stingiz siz haqingizda qandaydir g’iybat tarqatib yuribdi?

– To’xta. Menga aytishdan oldin eshitgan gaplaringni uchta elakdan o’tkaz.

Birinchisi – haqiqat elagi. Menga aytmoqchi bo’lgan so’zlar haqiqat ekanligiga kafolat bera olasanmi? – dedi Sokrat.

– Xo’sh … Men buni har xil odamlardan eshitdim.

– Shunday qilib, sen o’zing ham bu so’zlarga ishonch hosil qilmayapsan. Endi ikkinchi elakdan bu so’zlarni o’tkaz – yaxshilik elagi. Nima deb o’ylaysan, bu yangiliklar meni xursand qiladimi va bu men uchun yoqimli bo’ladimi yoki yo’qmi?

– Ehtimol, yo’q.

– Endi bu so’zlarni foyda elagidan o’tkaz va bu menga foydali bo’ladimi?

– Men shubhadaman.

– Shunday qilib, sen menga, haqiqat va yaxshilikga ega bo’lmagan so’zlarni aytmoqchisan. Bundan tashqari, bu so’zlar men uchun mutlaqo befoyda. Nima uchun bu g’iybatlarni aytish keragi bor?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Da, haqiqatdan ham! Nima keragi bor g’iybat qilib a? Nimagadir insonlar yigilib qolsa, birovlar haqida gaplashadi, giybat qisa maza qiladi, xaaa, insonoyat qiziq mavjudot…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social