Nima uchun hech qachon taslim bo’lmaslik va qo’llarni tushurmaslik kerak?

Nima uchun hech qachon taslim bo’lmaslik va qo’llarni tushurmaslik kerak?

Hayot qiyinchiliklarga, betartibliklarga, noumidliklar, shuningdek, baxtga, xursandchilikka va umidga ega. Hayotda biror narsa noto’g’ri ketayotganida, bu davr hech qachon tugamaydi deb o’ylashingiz va hech qanday natijaga erisha olmayman deb o’ylashingiz mumkin. Bunday paytlarda tushkunlikka tushish, ichidan siqilish va harakat qila olmaslik kuchiga ega emasligingizni his qilasiz.

Biz hammamiz zudlik bilan erishadigan va qoniqadigan tezkor harakat qiladigan hayotda yashamoqdamiz. Shuning uchun, sizning xohish va istaklaringiz darhol amalga oshmaganda taslim bo’lishni ko’pchilik istaydi. Agarda sizda ham shunday vaziyatda taslim bo’lish istagi tug’ilsa, hayotingiz haqida biroz boshqacha o’ylab ko’ring. Bu narsa sizning odatiy fikrlash jarayoningizga ozgina zid kelishi mumkin, lekin bu albatta yordam beradi. Shunday qilib, qanday qilib taslim bo’lish istagini yengish va oldinga harakat qilish istagini uyg’otish mumkin?

Sizni ilhomlantiradigan insonlardan o’rganing

Tasavvur qilib ko’ring, sayyoramizning eng muvaffaqiyatli insonlari, ular istagan narsaga erishishdan oldin ko’plab qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishgan. Ular yengilmadilar. Ular davom etaverdilar. Ular faqat o’zlarining asosiy hayot maqsadlari deb hisoblagan narsalarga e’tibor berishar edi.

Boshqalar uchun biror narsa qiling

Inson, qabul qilganda emas, balki berganida ko’proq baxtga erishadi. Agar siz o’z fikringizni va miyadagi bo’shliqni boshqa odamlarning manfaati uchun to’ldiradigan bo’lsangiz, salbiy fikrlaringiz kamroq bo’ladi, sizning ruhiy tushkunliklaringiz yo’qoladi va kayfiyatingiz yaxshilanadi. Siz kimningdir tabassumiga sababchi bo’lsangiz yoki kimningdir hayotini yaxshilasangiz, bu hayotda ijobiylikni yaratadi.

Sizda yetishmagan narsalarga emas, balki sizda bor bo’lgan narsaga e’tibor qarating

Biz ko’pincha mavjud bo’lmagan narsalarga diqqat qaratamiz, bizda bor bo’lgan narsalarni ko’zdan qochiramiz. Agar sizga biror narsa yetishmagan bo’lsa, tezkor “inventarizatsiya” qiling. Siz hozirda minnatdor bo’la oladigan 3 narsalarni yozing. Asosiy narsalar bilan boshlang, ya’ni yaxshi sog’liq, oila, do’stlar, so’ngra chuqurroq izlaning. Hayotingizdagi barcha ijobiy taraflari va afzalliklarni bilib, fikrlarni yanada ijobiy yo’nalishga burishingiz mumkin.

Ijobiy va shaxsiy tasdiqlar katta kuchdir.

Ijobiy fikrlar ijobiy natijalarga olib keladi. Huddi shu kabi, salbiy fikrlar, salbiy natijalarga olib keladi. Sizga qarshi turgan eng dahshatli jang bu o’z fikringiz bilan bo’ladigan jang hisoblanadi. Millionlab fikrlar boshingizdadir, ammo o’z ichki salbiy suhbatlarni bartaraf etishga harakat qilishingiz kerak. Hatto kichik ijobiy fikrlar ham vaziyatni o’zgartirishi mumkin. Biz tanamizni oziq-ovqat bilan oziqlantiramiz, lekin bizning miyamiz ham yaxshi ovqatlanishi kerak. Misol uchun, salbiy fikrlash tuzog’idan chiqib ketishga yordam beradigan bir nechta fikrlar mavjud: “Meni faqat yaxshi narsa kutmoqda!” yoki “Men ilm va mahoratim bilan faqat oldinga boraman!”

Siz bu – sizning muhitingizdir

Siz, o’z atrofingizdagi barcha odamlarning “jami”dirsoz. Nozik, noumidlik va dangasa odamlar bilan muloqotda bo’lganingizda, natijada siz ularni nusxalashni boshlaysiz. Aslida, odamlar bir-biri bilan juda sinxronlashadi. Shuning uchun, siz maqsadli va o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirgan kishilar bilan muloqot qiling. Hodisalar, voqealar va vaziyatlarni boshqacha ko’rish uchun ichki doirani o’zgartiring. Sizdan ko’ra aqlli, dono va muvaffaqiyatli bo’lgan do’stlarni tanlang. Siz ulardan ko’p narsani o’rganishingiz mumkin.

Agar siz berk ko’chaga kirib qolganingizni his qilsangiz, o’zingizni tinchlantirish va mulohaza uchun vaqt ajrating

Vaqt olib, mulohaza qilib ko’ring. O’zingiz erishgan uchta yutuq haqida o’ylang (garchi siz buni amalga oshira olmasligingizga ishonmagan bo’lsangiz ham). Siz qanday qiyinchiliklarga duch kelganingizni, qanday his qilganingizni, nima qilganingizni va ulardan qanday chiqib ketganingizni unutmang. Bu sizning yana yo’lda davom etish uchun dalda bo’lishi mumkin.

Hayot go’zalligining siri, hech kimning to’liq javoblari yo’qligidir. Shunday qilib, barchamiz teng sharoitda hayotdan davom etamiz. Siz har doim boshidan boshlashingiz mumkin. Boshqa yo’lni bosib, yaxshiroq qilishingiz mumkin. Hayot – doimiy o’rganishdir. Siz faqatgina har qanday chaqiriklarga ochiq bo’lishingiz kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social