10 yoshli Kirsten sinfdoshlarini masxara qilgani uchun maktab avtobusida yurishga uch kunga chetlashtirganidan so’ng, uning otasi Mett Koks unga dars berishga qaror qiladi.
U mashinasida orqada yurib, qizini sovuq kunda maktabga piyoda borishga majbur qildi.
Otasi janob Koks shunday dedi:
“Birovni masxara qilish yaxshi emas. Bu narsani oilamizda yo’q qilishning yaxshi usulidir”.
Mett Koksning aytishicha, ko’plab bolalar avtobus yoki mashinada maktabga borish sharafiga ega. Biroq, u “qiziga muhim hayot darsini o’rgatish va o’z tarafidan boshqalarni masxara qilishni to’xtatish uchun kerak narsani qilmoqdai”.
10 yoshli qiz, u ham yomon muommolarga duch kelganini aytdi va endi mehribon bo’lishni o’rgandi.
Aksariyat sharhlovchilar otaning g’oyasini qo’llab-quvvatlashdi, hatto bolalar va o’smirlar muammosiga befarq bo’lmagani va bu haqida biror narsa qilishga harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shunga qaramay, boshqalar qizni shu tarzda jazolashda, otasi, shubhasiz, o’zi masxara qilishga teng deb hisoblashdi.