Nima uchun zamonaviy munosabatlarni oson buzish mumkin?

Nima uchun zamonaviy munosabatlarni oson buzish mumkin?

Nima uchun bugun munosabatlarni saqlash juda qiyin? Xatto kuchli harakat qilsak ham, nima uchun biz tez-tez ajrashib ketamiz? Nima uchun insonlar uzoq munosabatlarga tayyor emaslar? Naxotki biz qanday sevish kerakligini unutdik?

Biz tayyor emasmiz. Biz qurbonlikga, murosaga, shartsiz sevgiga tayyor emasmiz. Biz munosabat uchun to’liq bag’ishlanishga tayyor emasmiz. Biz hamma narsa oson bo’lishini xohlaymiz. Biz dangasa bo’lib ketdik. Bitta to’siq bo’lsa, biz darrov qo’llarimizni tushuramiz.

Biz sevgini emas, tuyg’ularni qidiramiz. Bizni tushunishga qodir bo’lgan insonni emas, balki kim bilan kinoga va kafega borishimiz mumkin bo’lgan insonlarni qidiramiz. Biz zerikarli yashashni istamaymiz. Butun umrga juftlikni istamaymiz, aksincha bugun va bu erda kim bilan yaxshi bo’lishini qidiramiz.

Biz shahar hayotiga shung’ib ketamiz va sevgiga joy qoldirmaymiz. Bizda sevgi uchun vaqt yoq, munosabatda echimini topish uchun sabr yoq. Biz band insonlarmiz, material orzular ortidan quvamiz, sevgiga esa bu erda joy yoq.

Hamma narsada bir lahzali lazzatni qidiramiz: onlayn post qilganimizda – layklarni kutamiz, kasbni tanlaganda – muvaffaqiyatli ishni kutamiz, insonni tanlaganda – katta sevgini kutamiz. Biz munosabatda etuklikni xohlaymiz, bu narsa esa vaqt bilan keladi va biz buni hozir istaymiz, shunday bo’lmaydi baribir. Bizda vaqt va sabr yoq.

Biz bir inson bilan vaqt o’tkazishdan ko’ra biz bir soat vaqtni yuzta insonga sarflashni xohlaymiz. Biz “ijtimoiy” insonlarmiz. Insonni bir ko’rishda munosabat qilishni boshlaymiz va bundan yaxshirog’ini topganda esa munosabatimizni buzamiz. Biz munosabat qilgan inson mukammal bo’lishini istaymiz!

Texnologiya bizni nafasimiz qolmaguncha birlashtirdi. Bizning holatimiz xabarlar, chatlar va videoqo’ng’iroqlar bilan almashtirilgan. Biz birga o’tirib vaqt o’tkazishni istamaymiz. Hayotimizda etarlicha birgamiz-ku deb aytamiz va har kuni ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram, Viberda. Nima haqida yana gaplashamiz?

Biz sevib qolishdan, uylanish muommolaridan, omadsizlikdan, og’iriq sezishdan, yurakni sindirishdan qo’rqamiz. Xech kimni yonimizga  yo’latmaymiz. Yurakda baland devorlarni quramiz, sevgini kutamiz va u paydo bo’lganda bekinamiz.

Biz munosabatni qadriga etmaymiz. Eng ajoyib va muhim insonlarni qo’yib yuboramiz.

Bu dunyoda hamma narsadan ustun va muvaffaqiyatli bo’lishimiz mumkin. Ammo sevgi va munosabatsiz mag’lubiyatga uchrashimiz hech gap emas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social