Kishi o`zining nohaqligini tan olgandan ko`ra turli xil sabablar bilan o`zini oqlashni ma`qul ko`radi. Lekin bu yaxshi usul emas. Agar nohaq ekaningizni bilsangiz yaxshisi uni tan olishni ham o`rganing. Buni oson o`zlashtirib olishingiz uchun bir kishining hikoyasini tinglang: «Men shaharda yashayman. Bir kuni itim yo`lbars ikkovimiz maydonchada militsiya xodimiga duch kelib qoldik. Uning qo`li hukmfarmolik alomatida keskin harakatlar qilar edi.
«Siz nega o`rmonda itingiz tumshuqg`ilof va bog`ichsiz yugurib yurishiga yo`l qo`yyapsiz?! Nima, bu qonun bilan ta`qiqlanganini bilmaysizmi?»- deb so`roqqa tutdi meni. » «Bilaman, muloyim javob qaytardim, – biroq it bu erda biron narsaga ziyon etkazmaydi deb o`ylagan edim.» «Qonunni sizning nima deb o`ylashingiz qiziqtirmaydi.
Itingiz biror kimni tishlab olishi mumkin. Agar yana bir marta shu ahvolda duch kelsangiz jarima to`laysiz.» Men qonunni buzmaslikka va`da berib hayrlashdim. Va bir qancha vaqt so`zimning ustidan chiqib yurdim. Biroq yo`lbars ham, men ham tumshuqg`ilof hamda bo`yinbog`ni yoqtirmasdik. Tavakkal qilib yana erkin holda sayrga chiqa boshladik. Bir kuni yana o`sha militsiya xodimi uchrab qoldi. Militsiya xodimining dag`dag`asini kutib o`tirmay birinchi bo`lib, o`zim gap boshladim, chunki bu safar ham men aybdor edim.
«Aka, siz meni jinoyat ustida qo`lga tushirdingiz. Aybdorman. O`zimni oqlash va kechirim so`rashga ham haqqim yo`q. O`tgan gal ogohlantirgan edingiz, endi jarimaga tortsangiz ham mayli», dedim. «Qo`ysangiz-chi, – dedi u bu safar ancha muloyim ohangda, – kuchukchaning bu erda chopqillab yurishi qancha zavqu shavq berishini bilaman. Qolaversa, atrofda hech kim yo`q».
«Ha, albatta, katta maroq bag`ishlaydi, lekin bu qonun bilan taqiqlangan-ku?!» «Bunaqa jonivor hech kimga ziyon etkazmaydi», – dedi u tobora yumshab. Keyin esa shunday taklif berdi: «Siz bunday qiling, itingizni menga ko`rinmaydigan anavi tepalik ortida sayr qildiring va shu bilan bu mavzuni unutamiz».
Agar o`sha kishi aybini tan olmay, himoya qilishga uringanida, nima bo`lardi. Militsiya xodimi bilan hech tortishib ko`rganmisiz? Agar biz baribir to`qnashuv muqarrarligini bilsak, u holda tashabbusni o`z qo`limizga olib, raqibimizdan oldiroq harakat qilganimiz ma`qul emasmi? Birovning ayblovini eshitganimizdan ko`ra o`z-o`zimizni tanqid qilish engilroq emasmi?
Suhbatdoshingizning dilida, tilining uchida turgan siz haqdagi barcha haqoratlarni undan oldinroq o`zingiz, o`zingizga ayting. Shunda uning qo`lidagi qurolini tortib olgan bo`lasiz, u ham past kelib, xatolaringizni minimum darajasigacha kamaytiradi.
Agar biz haqli bo`lsak, keling, buni odamlarga madaniyatli tarzda etkazishga urinib ko`raylik. Mabodo xatoga yo`l qo`ygan taqdirimizda, uni ham ochiq tan olib qo`ya qolaylik. Bu nafaqat yaxshi natija beradi, balki xoh ishoning – xoh yo`q, muayyan vaziyatlarda o`zingizni himoya qilishdan ko`ra yoqimliroq ham bo`ladi.
Unutmang: Musht ishlatib ko`p narsaga erishib bo`lmaydi, biroq yon berish bilan kutganingizdan ko`proq g`alabani qo`lga kiritishingiz mumkin. Shunday qilib kishilarni o`z nuqtai nazaringizga moyil qilmoqchi bo`lsangiz ushbu maslahatga amal qiling: Agar nohaq bo`lsangiz, buni tez va qat`iyat bilan tan oling.
xak bulsam xam, noxak bulsam xam, baribir men xakman
tan olish qiyinda
tugri vaqtida noxakligizni tan olish kerak, bulmasam siz yakinlarizdan kechasizlar