Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istaysiz?

Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istaysiz?

Haqiqiy do`stni qaerdan topsa bo`ladi? Senda yuzta tanishlaring, o`ntacha qarindoshlaring, ota-ona, er yoki xotin, va hattoki kuchukchang bo`lishi mumkin, ammo haqiqiy do`sting bo`lmasligi mumkin.

Bo`ldi, men haqiqiy do`stni toptim, deb o`ylashing mumkin, ammo ish joyini yoki turar joyni o`zgartirsang, yoki sizni birlashtirgan narsa o`zgarib qolsa, sen yana yolg`iz qolasan. Seni sevishlarini, hayoting bilan qiziqishlarini, ko`ng`iroq qilib turishlarini, xabarlar qoldirishlarini, birinchi chaqirgandayoq yordamga kelishini istaysan.

Ammo senchi? Sen o`zing boshqalar bilan qiziqasanmi? Har doim o`z fikrlaringni chetga surib, yaqinlaring haqida o`ylaysanmi? Haqiqatdan ham, boshqa shaxarda yashaydigan do`stinga qo`ng`iroq qilish uchun senda 15 daqiqa topilmaydimi?

O`zing berishni xohlamagan yoki qilishga eringan narsani sen boshqalardan kutyapsan! Balki sen orzu qilgan do`st bo`lish vaqti kelgandir? O`z hayotingda “olishdan ko`ra, berish baxtliroq qilishini” sezgin! Boshqa insonga yordam berganingda seni qanday xis-tuyg`ular to`ldiradi? O`z ishing natijasini tabbasumlarda va ijobiy hissiyotlarda ko`rish qanchalik yaxshidir! Bu narsa depressiyaga ham qarshi dori. Bu ruhlanish va kutilmagan baxtiyorlikdir. Boshqalar haqida o`ylaganingda, sen o`zing yaxshiroq bo`lasan va inson sifatida o`sishni boshlaysan.

Ammo nima uchun senga yaxshilik qilish qiyin bo`lyapti? Senga mag`rurliging halaqit qilyapti. Yaxshilikni qilishni xohlasak, ichingda bir narsa halaqt qilishi mumkin: “Menchi?”, “Menga!”, “Meniki!”. Aslida bu sening mag`rurligingdir. Ammo sen mehribon va sevgi uchun yaratilgan eding!

Balki, do`sting sen tomon birinchi qadam qo`yishini kutish kerak emas va o`zing shu qadamni bosishing kerakdir? Sen doim do`stingdan yaxshilikni kutishing mumkin, ammo unutma, kimdir sendan ham shu yaxshilikni kutyapti! Kutmagin, shunchalik yaxshilikni qilgin! Yaxshi do`stning namunasi bo`lgin! Yaxshi do`st bo`lish – bu real narsaligini ko`rsatgin!

Ushbu xikoyamni, bir gap bilan tugatmoqchiman, yoshligimda bir yaqin do`stim menga shunday degan edi: “Odamlar sizlarga qanday muomala qilishlarini istasangizlar, siz ham ularga shunday muomalada bo`ling”.

Senga savol: “Nima deb o`ylaysan, yaxshi va haqiqiy do`stga ega bo`lish mumkinmi? Bu haqda qanday fikrlarga egasan?”

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Elbek

    Yaxshi va haqiqiy do’st ga ega bo’lishing uchun, avvalo insonning o’zi yaxshi va haqiqiy inson bo’lishi kerak. Shundagina uning oldigi yaxshi va haqiqiy do’stlar jamul-jam bo’ladilar.

  2. umid

    xa togri aytasizlar yaxshi dost bolish qiyin, va birinchidan boshqalar uchun biz uzimiz yaxshi dost bola olishikiz kerak! ammo uzimni olganda men yaxshi dostman deb aytoliman smile

  3. Мукаддас

    Албатта тугри барча фикрлар!

  4. azim

    man shunday fikrdaman, yaxshi insonni yaxshi do’stlari bo’ladi, bekorga ota bobolarimiz etishmidiyu – menga do’stingni ko’rsat, men esa senga kim ekanligingni aytaman. Agar san baxl inson bo’lsang do’stlaring ham shunga yarasha bo’ladi

  5. Sayfiddin

    Men bir inson bilan Alloh yo’lida dostlashgan edim men dostim uchun jonimnixam berishga tsyyorman lekin dostim menga etibor bermedi meni etiborim unda bolsada boshqalarga beradigon etibor menga kelganda yoq bolib qoladi shunga nima qilekun maslaxat berib yuboringlsr

  6. erkatoy

    u do’stingiz sizga etibor bermasa sizham u do’stingizga o’xshab etibor bermang hatto u dostingiz sizga nimaga menga uncha etibor bermayapsan deyishgacha borsin anashunaqa

  7. Sardor

    hammasi tamom

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social