Apple to‘rtta yangi iPhone 14ni taqdim etdi

Apple to‘rtta yangi iPhone 14ni taqdim etdi

Shunigdek, kompaniya Apple Watch Series 8, Apple Watch Ultra va AirPods Pro 2 quloqchinini namoyish qildi.

“Apple” kompaniyasi yangi mahsulotlarning kuzgi anʼanaviy taqdimotini oʻtkazdi, unda u to‘rtta yangi iPhone 14, Apple Watch aqlli soatlari va ikkinchi avlod AirPods Pro quloqchinini taqdim etdi.

Apple Watch Series 8

Apple Watch Series 8 bir nechta yangi xususiyatlarga ega. U foydalanuvchi avariyaga uchraganini avtomatik ravishda aniqlay oladi va 10 soniya ichida favqulodda xizmatga xabar berib, voqea joyi qayerda ekanligini ko‘rsata oladi.

Watch Series 8 batareyasi kun bo‘yi ishlashga yetadi va quvvatni tejash rejimida 36 soatgacha ishlashi mumkin.

Aqlli soatlar 4 ta rangda taqdim etilib, ular 16-sentabrdan $399−499 narxda sotuvga chiqariladi.

Shu bilan birga kompaniya Watch SE, Watch Ultra soatlarini ham namoyish qildi.

AirPods Pro 2

Kompaniya Apple Airpods Pro’ning ikkinchi avlodini ham taqdim etdi. Yangi H2 chipi quloqchinni tezroq ulanishni, kam quvvat sarflashni va yuqori sifatli audio uzatishni ta’minlaydi.

Bir marta to‘liq quvvatlanganda 6 soatgacha, g‘ilof bilan esa 30 soatgacha foydalanish mumkin.

Airpos Pro 2 g‘ilofi Lightning, MagSafe va Apple Watch kabellari bilan quvvatlanadi.

Quloqchinlar 23-sentabrdan sotuvga chiqarilib, ularning narxi $249 dan boshlanadi.

iPhone 14 va 14 Plus

Bu modellarda ekranlar 60 Gts 6,1 va 6,7 dyumda, xotirasi 128 dan 512 GB gacha bo‘ladi.

Afzallik taraflaridan biri 14 Plus iPhone tarixidagi eng uzoq batareya quvvatiga ega.

Ammo ikkala model ham o‘tgan yilgi iPhone 13 Pro va 13 Pro Max’dagi A15 Bionic protsessorida ishlaydi.

iPhone 14 16-sentabrdan $799 dan, iPhone14 Plus esa 7-oktabrdan $899 dan sotuvga chiqariladi.

iPhone 14 Pro va 14 Pro Max

Bu ikki model ham yuqoridagi telefonlardagi kabi 6,1 va 6,7 dyum ekranga ega. Lekin kamerasi 48 megapikselgacha kuchaytirilgan.

Yangi A16 Bionic protsessori bilan ikki eng kuchli yadroda 20% kam quvvat sarflanadi.

iPhone 14 Pro’da bitta to‘liq quvvatlanishda 23 soatgacha video tomosha qilish mumkin. 14 Pro Max’da esa bu ko‘rsatkich 29 soatni tashkil qiladi.

AQShda iPhone 14 Pro SIM karta slotisiz sotiladi.

16-sentabrdan iPhone 14 Pro $999, 14 Pro Max esa $1099 narxida sotuvga chiqariladi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    yana pul yigiw vaqti keldi

  2. .......

    Assalomu aliykum aziza siz hoz ipshone ishlatasmi yana olmoqchimisiz qoyil lekin

  3. Aziza

    hazl ku) man iphone 11 iwlataman, yangilariga pul yuq laugh

  4. Isfandiyor

    good arzonro bugandadi

  5. Тимур

    часы манга ёкди, красивые

  6. Isfandiyor

    500$ soat….

  7. .......

    Assalomu aliykum hammaga Isfandiyor arzon buganda olarmidiz Timur sizchi qanaq telfon ishlatas siz ham ipshone ishlatasmi ha aziza yaxshi uzizga yoqsa buldide

  8. Isfandiyor

    bunaqa pulga 2 ta telefon osa buladi, bitta soat urniga) a tak soati zur

  9. Тимур

    13 айфон тутаман

  10. Isfandiyor

    14 olasmi?

  11. Тимур

    Курамиз, хозирча ёкмади манга 14

  12. Isfandiyor

    norm norm)

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social