Er va ayol turmushda uzoq yillar davomida baxtli hayot kechirib kelishgan. Ularning bir biridan hech qanday siri bo’lmagan va ular har doyim o’zaro ichki kechinmalari bilan o’rtoqlashib kelishgan. Ayoli eridan faqat bitta narsani, – “shkaf ustida turgan eski ayoq kiyimdan qolgan qutichani ochib qaramasligini” iltimos qilgan ekan.
Eri ham hech qachon turmush o’rtog’idan qutichaning ichida nima borligini so’ramagan. U qutichaning ichidan ayollarga ta’luqli narsa bor bo’lsa kerak degan tahmin bilan yurgan.
Bir kun kelib ayol qattiq be’tob bo’libdi. Shunda ayol eridan boyagi qutichani unga shifoxonaga olib kelib berishini so’rabdi. Sababi qutichani ochish va undagi sirni aytish vaqti kelibdi.
Eri uyiga kelib qutichani qidirib topadi va uni ochadi. Ochsa quticha ichida ikkita qo’ldan to’qilgan qo’g’irchoq va 95.000 AQSH dollari turgan bo’ladi.
- Bu qanday qilib? Qayerdan shuncha …..?! buncha katta summadan eri ancha vaqt o’ziga kelaolmabdi.
Shuda ayoli – “Biz turmush qurishimizdan avval, buvim menga hech qachon turmush o’rtog’im bilan bahslashmaslikni, agar qachonki men turmush o’rtog’imdan hafa bo’lsam, unga hech gap qaytarmasdan o’tirib qo’g’irchoq to’qishimni nasihat qilgandilar”.
Eri juda hursand bo’ldi, sababi qutichada atiga ikkita qo’g’irchoq bor edi. “50 yil birgalikda o’tkazgan hayotimiz davomida bor yo’g’i ikki marta mandan hafa bo’lgan ekansiz” – dedi va ayolini bag’riga bosib unga rahmat aytdi.
- Pullarchi, pullar qayerdan keldi? – so’radi eri.
- Pullarmi? – jilmayib javob berdi ayol. Bular sotilgan qo’g’irchoqlardan yig’ilgan pullar.
Baxtli turmush kechirish uchun oilada ayol kishining donoligi qanchalik muhim ahamiyatga ega. Ayol kishining oilada o’zini tutishi bu haqiqiy baxtli turmushning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Bu hikoyadan yana qanday xulosa chiqazish mumkin? Nima deb o’ylaysiz?
Rahmat