Ona bo`lish oson emas, lekin ota bo`lish ham katta mas`uliyatdir. “Erkaklar oilasini ta`minlay olmayapti, erlar xotinlariga nisbatan kam pul topishyapdi”, degan gaplarni ko`p aytilyapdi. Oilada kelishmovchilik bo`lsa ham anashu muammoga taqashadi. Biror bir farzandi qaltisroq qadam qo`ysa ham sababni erkakning ko`p pul topmasligiga yo`ishadi. Aslida ham, qonunda ham, odamiylik jihatidan qaraganda ham ota o`z oilasini ta`minlashi shart.
Ammo ota oilasini ta`minlay olmasa, farzandlarining tarbiyasi buziladi. Buni inkor etib bo`lmaydi. Xotinining topganinin o`g`irlab olib ichadigan, giyoxvandlikga berilib va boshlagan ishlari muvaffaqiyatsizlikka uchrab, irodasizlik qilib nohush odatlarga berilib ketgan erkaklar ham bor.
Farzand otasidan pul so`ramagan, faqat onasi orqali ta`minlanayotganini bilgach, bola otasining gapina qabul qilmaydi va oilada ota o`z-o`zidadan hurmatini yo`qotadi. Yoki kuni bilan ish qilmasdan kuni bilan yotsayu, ovqat payitida dasturxonda hoziru nozir bo`lsa, uning qanday hurmati, obro`si bo`ladi?
Urish paytlarida janglarda yarador bo`lib qaytganlar ham oilasiga, bolalariga bir hovuch don, bitta non topib kelish uchun bir qo`l, bir oyoq bilan bo`lsada, nimadir qilishga va biron bir yumushni bajarishga xarakat qilishgan.
Hamma erkaklar o`z oilasini ta`minlay olmayapdi, barcha og`irlikni xotiniga tashlab qo`ygan deb aytaolmaymiz. Chunki oilasini, farzandalarini ham moddiy, ham ma`naviy tarafdan ta`minlash uchun tinmay mehnat qilayotgan erkaklar talaygina topiladi.
Oila qadriyatlarida otaning o`rni hamisha baland bo`lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi. Oilada ayol kishi qanchalik xarakatchang bo`lmasin, oilada bari bir erkak kishining o`rni boshqa. Erkak kishi oilada, jamiyatda o`z o`rniga ega. U farzandlarini va oilasini avaylab asraydi, ular uchun tinmay mexnat qiladi. Erkakning qo`lida topganida baraka bor, deb bejiz aytishmaydi.
Shunday ekan xurmatli do`stlar, oilada erning o`rnini ayol bosa oladimi???
макола гап йук, бомба, мани фикримча хеч качон эрри урнини аёл боса олмайди
oilada er erligini qisa hamma narsa o’z o’rnida bo’ladi, hattoki ayol ham
muallif Lochin – fikrizga qo’shilaman, albatta agar oilada er o’z vazifalarini a’lo darajada va o’z vaqtida bajarsa, biz ayollar tarafidan hech qanday etroz va janjal bumiydi, hamma gap erkaklarda
Muallif Anora – dugonajon siz haqsiz!!! fikringizga to’lliqligicha qo’shilaman.
Ayollar hech qachon erning o’rnini bosa olmaydi.
erkaklar bir ishga boradiu keladi, ayollar esa uyda utirib shuncha ish qilyaptilar,xech bir erkak bir xafta uyda utirib shunday ishlarni qilsa bir xafta xam chidomidi )))
savol juda zur! ancha bu mavzuda ancha muncha baxslashsa buladi, lekin hamma tan olishi kere, hech qachon farzand uchun otasi urnini onasi bosaolmiydi
муаллиф 7778 фикрига кушиламан. Тугри, хозирги кунда баъзи бир оилаларда эр бажарадиган вазифалани аллакачон аёл бажарвотти, деярли оилада пул топадиганам аёл, лекин фарзанд учун ота урнини хеч качон она босаолмийди. Эркак эркаклигича колиши лозим
oilada erri vazifalarnini ayol bajarishini uzi bu farzandlar uchun birinchi salbiy zarba, lekin bu holatta ko’p narsa ayolli o’zini tutishiga bog’liq. Agar ayol pul topaman deb o’zidan ketib qoladigan bo’sa tamom, er xotin urushi, ayol o’z erini hurmat qimasligi ….. boshlanadi
Erkakni o’rnini ayol bosa olasligi aniq. Lekin ayolning o’rnini erak bosa oladimi???
Muallif feruza: Mani fikrimcha ayol va erkak bir-birlarini o’rnini hech qachon bosa olmaydi. Shuning uchun Xudo oilada erkak va ayol qilib yaratgan. Ular bir birlarini o’rnini bosish uchun emas balki bir-birlarini to’ldirish va bir birlariga yordamberish uchun yaratilgan.
Kerakli paytda ha bosa oladi