Orzu ortidan ergashish….

Orzu ortidan ergashish….

Monti 16 yoshga kirganda, u katta bo’lganda nima istashi haqida insho yozish vazifasi berildi. Monti uzoq vaqt o’yladi va orzusini ta’riflash uchun ko’plab soatlarni o’tkazdi.

U bir kun kelib rancho xojayini bo’lishni xohladi. U bu haqida yetti sahifani yozdi va 200 akro maydonli ranchoni tariflab berdi va barcha binolar, otxonalar va yo’llarning xaritasini tuzdi. Hatto, u 4000 kvadrat metrli maydonga qurilishi kerak bo’lgan uyning batafsil rejasini ham tuzdi. Ertasi kuni Monti o’z inshosini o’qituvchiga berdi.

Ikki kundan keyin o’qituvchisi inshoni qaytarib berdi va qizil rangda ikki baho qo’yilga edi va quyidagicha yozilgan edi: “Darsdan keyin qolasan”.

Darsdan so’ng, bola orzusi bilan o’qituvchiga kelib, nima uchun inshoga ikki baho olganini so’radi. O’qituvchi shunday javob berdi: “Sen kabi bolada bunday orzu amalga oshmaydi. Bunday ranchoni sotib olish uchun ko’p pul kerak. Senda o’zi qancha pul bor? Hech qancha. Sen kambag’al oiladansan. Sening orzuingni amalga oshirish uchun hech qanday yo’l yo’q. Bu mumkin emas. Senga aytadiganim uyga borib, boshqa aniqroq yana bir insho yoz va men senga boshqa baho qo’yaman.” Bola uyiga qaytdi va otasidan maslahat so’radi.

Va u shunday javob oldi: “O’g’lim, bu vaziyatda senga yordam berolmayman. O’ylaymanki, bu faqat sening qaroring bo’lishi kerak va sen uchun bu juda muhim qaror bo’ladi, deb o’ylayman”. Monti bir hafta davomida otasining so’zlarini o’yladi. Nihoyat, u o’qituvchisiga o’sha inshoni qaytarib berdi va shunday dedi: “Siz o’zingizga bu ikki bahoni qoldirishingiz mumkin, men esa o’zimga orzuimni qoldiraman.”

Vaqti o’tdi, Monti allaqachon o’rta maktabni bitirib, voyaga yetgan edi. U bu hikoyasini aytib berdi va unga quloq solgan guruhga murojaat qilib, shunday dedi: “Men sizga bu hikoyani aytib berdim, chunki siz mening 200 akro maydon ranchoda joylashgan 4000 kvadrat metr uyimda o’tiribsiz. O’sha insho esa kamin ustidagi ramkada osib qo’yilgan.” Monti shunday deb davom etdi: “Bu hikoyaning eng hayratlanarli qismi shundaki, bundan ikki yil avval, yozda, o’sha o’qituvchi 30 ta maktab o’quvchisini olib keldi va ular mening uyimda bir hafta mobaynida dam olishdi.”

Ketishdan oldin o’qituvchim shunday dedi: “Monti tingla, hozir buni senga ayta olaman. Men sening ustozing bo’lganimda, men orzular o’g’risi bo’lganman. Endi men juda ko’p bolalarning orzularini o’g’irlaganimdan afsusdaman. O’z orzuingni himoya qilish uchun jasorat topganingdan juda xursandman.”

Shunday ekan, hech kimga orzuingizni o’g’irlashiga yo’l qo’ymang. Nima deyishlaridan qa’tiy nazar, yuragingizga ergashing!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social