Ota-onangiz uzoq umr ko’rishini istasangiz, buni qilishni unutmang ….!

Ota-onangiz uzoq umr ko’rishini istasangiz, buni qilishni unutmang ….!

Olimlar bizni ajoyib va muhim ochiqliklar bilan shod qilishadi. Masalan, yaqinda Kaliforniya Universitetining tadqiqotchilari qanday qilib ota-onamizni hayotlarini uzaytirish va uni yanada yaxshiroq qilishni aniqlashdi. Buning juda oson yo’li bor ekan.

Ma’lum bo’lishicha, yolg’izlik, qarish va o’lim jarayonida juda muhim ro’l o’ynaydi. Olimlar 1600 ta qari insonlarni kuzatishdi va ularning o’rtacha yoshlari 71 bo’lgan. Sog’liq va ijtimoiy-iqtisodiy holati hisobga olinmagan. Faqat yolg’izlik.

6 yil mobaynida 23% yolg’iz bo’lgan qariyalar olamdan o’tishgan. Shuningdek, yaqinlari doimo kelib turgan qariyalardan esa 14% olamdan o’tishgan.

Inson yaxshi ulg’ayib borsa, shuncha ko’proq e’tiborni oila bilan munosabatga qaratishni boshlaydi. Yosh farzandlar va nabiralar esa qari insonlar bilan kamroq muloqot qilishni istashadi.

Umuman olganda qari insonlar do’stlar va yaqinlarning kamligiga chidamli bo’lishadi. Ammo, ular yoshlar bilan o’z tajribasi va donoligi bilan o’rtoqlashishga hamisha tayyorlar. Ular juda kerakli maslahatlar berishlari mumkin.

Maslahat kerak bo’lganda birinchi bo’lib ota-onaga, buva-buvilarga borishimiz juda yaxshi yo’ldir. Siz shunchaki ovqat qilish retseptini so’rashingiz mumkin. Ular bizga ko’p narsalar berishadi va berishda davom etishadi. Shu bilan birga ular e’tiborga va g’amho’rlikka muhtojlar. Haftada bir soatgina borib ko’rish yoki birgina qo’ng’iroq qilib qo’yish – va siz shu bilan ularning ko’proq baxtli hayot kechirishiga imkoniyat yaratasiz.


Otang nasihatlariga quloq sol, onang o‘gitlarini rad etma,
Chunki ular boshingga go‘zal gulchambar, bo‘yningga marjondaydir!

 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yaxshi hikoya. Rahmat.

  2. Ota onamiz yogona heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social