Apple yo’qolgan AirPodsni topishga yordam beradi

Apple yo’qolgan AirPodsni topishga yordam beradi

Apple kompaniyasi yangi iOS 10.3 beta versiyasini chiqardi. PhoneArena xabar berishicha, yangi proshivka versiyada AirPods naushniklarini qidiruv funksiyasi paydo bo’ldi.

Yangi funksiya  Find My AirPods  deb nomlanib, u “Find iPhone” dasturining alohida bo’limi bo’ldi. Naushniklar har qanday iOS-qurilmaga ulangan vaqtidagina xaritada ko’rsatiladi. Agarda naushniklar ko’chada yo’qolgan bo’lsa va Bluetooth-ulanish uzilgan bo’lsa, u holda dastur naushniklarning oxirgi ulanish joyni ko’rsatadi.

2017 yil boshidan Apple kompaniyasi App Store ilovalar do’konidan AirPods naushniklarini topish uchun mo’ljallangan Finder for AirPods ilovasini olib tashladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha Apple ilovani qo’llab-quvatlamadi, chunki u App Store talablarga javob bermagan.

Manba:Lenta.ru
Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Airpods

    sad

  2. AirPods pro Musharraf

    Case

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social