Qalb shamchirog’ini o’chirmang!

Qalb shamchirog’ini o’chirmang!

Bir ayol o’z qo’shnisiga uni xafa qilgan dugonasini yomonlayotgan edi. Qo’shnisi bu ayolni tinchlantirar va dugonasini kechirishga undar e’di.

– Kechirish? Qanday qilib? Uning menga qilgan barcha ishlaridan keyin-a? Yo’q, yomonlikni kechirib bo’lmaydi – dedi ayol. Umuman olganda, nima uchun mani yaxshi ko’rmagan insonlarni yaxshi ko’rishim kerak? Atrofimdagi hamma yo’lg’on gapirib, yomon ishlar qilayotgan bo’lsalar, man nima uchun yaxshilik qilishim kerak?

– Man sizga bitta hikoya aytib beraman – dedi qo’shni ayol.

– Bir inson bor ekan. U inson ona tabiatdan qorong’ulikda sham chiroq yoqmaslik uchun tunning yorug’ bo’lishini, pechkaga o’tin yoq’ib atrofni isitmaslik uchun qishni sovuq qilmaslikni so’rabdi. Lekin nimaning qanday bo’lishi ona tabiat uchun oydinroqdir, shu sabab ona tabiat insonning murojatini inobatga olmabdi.

Buni ko’rib insonning jahli chiqibdi: “Hali shunaqami? Hali san shoshmay turgin. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa man kechasi chiroq yoqmayman va tuningni yoritmayman. Sanga issig’i bormasligi uchun pechkaga o’tin ham yoqmayman, uyning issig’i qolmasligi uchun hattoki eshikniyam ochib qo’yaman, sanga qanchalik sovuq bo’lishini shunda ko’ramiz”.

– Voy ahmoq, – deya qo’shnisining gapini bo’lib ayol, – chirog’i bilan ona tabiatni yo’lini yorug’ qilishni, pechkadagi o’tini orqali ona tabiatning qahraton sovug’ini isitishni o’ylabdida? Manman inson ekan! Axir bu narsalar dast avval o’zi uchun kerak bo’ladiku. Ona tabiat esa o’zi uchun o’zi g’amxo’rlik qiladi.

– Bo’lmasam nima uchun Siz aynan shunday qilyapsiz?

– Men?! – ajablandi ayol.

– Ha, Siz. Nima uchun atrofingizni zulmat o’rab olayotganida qalbingiz sham chirog’ini o’chiryapsiz? Atrofingizni insonlarning yovuz makkori qamrab olayotgan bir paytda nima uchun qalbingiz iliqlik makonini yoqmayapsiz?

Kimdir chirog’ini yoqib kelishini kutib o’tirgandan, o’z chirog’ingizni yoqqaningiz – qalb eshiklarini ochganingiz yaxshi emasmi? Shunda o’zingiz uchun ham, atrofingizdagi insonlar uchun ham yo’l ko’rinadi. Bitta o’zingiz sovuqda o’tirib, boshqalarning isitishini kutgandan ko’ra, o’z qalbingiz manbayini yoqib boshqalarni qalbiga ham iliqlik ulashganingiz ma’qul emasmi? O’zingizdagi shunday o’zgarishlardan keyin atrofingizda hech qanday zulmat ham sovuq ham qolmaydi.

11

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social