Qanday o`lchovdan foydalanasiz?!

Qanday o`lchovdan foydalanasiz?!

Bir kambag`al erning xotini saryog` tayyorlar edi, keyin esa eri uni do`konga olib borib sotar edi. Ayol saryog`ga doira shaklini berar va uning vazni doim 1 kg bo`lgan. Shu yo`l bilan ular oilani boqar edilar.

Bir kuni sotuvchi unga saryog`ni sotayotgan kambag`aldan shubhalandi va sotib olingan saryog`larni tarozda o`lchab ko`radi. Sotuvchi qarasa har biri 1 kilogramm emas, balki 900 gramm vaznga ega edi va bundan sotuvchi g`azablanib ketdi.

Ertangi kuni tongda, o`sha kambag`al yana do`konga keladi, sotuvchi jaxl bilan shunday dedi:

-Boshqa menga saryog`ingni olib kelma! Men endi sendan boshqa sotib olmayman, sen yolg`onchisan! Sen menga saryog` 1 kilogrammdan bo`ladi deb aytgan eding, aslida esa ular 900 grammdan ekan. Meni aldashlariga yo`l qo`ymayman!

Kambag`al, xafa bo`lib, shunday javob berdi:

– Xo`jayin bizda tarozimiz yo`q… Har doim men sizdan sotib olgan bir kilogramm shakar bilan o`lchagan edim. Shunga qarab biz xotinim bilan saryog` tayyorlagan edik…

Doim esta tut: Agarda sen boshqalarni hukm qilganda qanday o`lchovdan foydalansang, seni hukm qilganda ham xuddi o`shanday o`lchovdan foydalaniladi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    qaytar dunyo…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social