Kasal bo‘lmang: sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uradigan zamonaviy gadjetlar

Kasal bo‘lmang: sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uradigan zamonaviy gadjetlar

Yoz tugab, sovuq mavsum yaqinlashmoqda. Bu tana salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish vaqti kelganini bildiradi. Bunga vitaminlar, sport va albatta, foydali gadjetlar yordam beradi.

Dyson Zone naushniklari

Albatta, ushbu qurilma bilan sochingizni quritmaysiz. Ammo ifloslangan havodan nafas olishdan qo‘rqmay shahar bo‘ylab xotirjam sayr qilishingiz mumkin. Shu bilan birga musiqa tinglasangiz ham bo‘ladi.

Vitaloop

Agar yugurishga chiqsangiz-u, chanqagan bo‘lsangiz, do‘kondan suv qidirishga shoshilmang. Iqtisodiy tejamkorlik va ishonchlilik jihatdan bu borada Vitaloop suv idishiga ishonish mumkin. U har qanday iflos suvni mukammal filtrlaydi.

Xiaomi dan “aqlli” gilam

Havo sovisa ham, lekin bu jismoniy faoliyatdan voz kechish uchun sabab emas. Xiaomi kompaniyasi ochiq havoda yugurishni yopiq joyda konkida uchish bilan almashtirish taklifini bermoqda. Buning uchun maxsus gilam ham o‘ylab topilgan.

Xiaomi Meet niqobi

Hordiq chiqarishning eng yaxshi usuli nima ekanini bilasizmi? Albatta, uyqu. Xiaomi ning “aqlli” uyqu niqobi sizni astalik bilan uxlatadi va muloyimlik bilan uyg‘otadi. Dam olish jarayonida butun dunyo sukunatga cho‘madi.

Noise Luna Ring “aqlli” uzugi

Hindistonlik mahalliy muhandislarning so‘nggi ishlanmalaridan biri sizni qiziqtirib qo‘yishi aniq. Bu ayniqsa sog‘lig‘ingizga aloqador gadjet bo‘lsa. “Aqlli” uzuk bitta barmoqning tahlillari yordamida 70 tagacha tana ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqadi.

Owlet Dream Sock qurilmasi

Bu gadjet bolalarga mo‘ljallangan. Owlet Dream Sock chaqaloqlar uchun eng zamonaviy monitordir. Bu nafaqat farzandingizning uyqu sifati va vaqtini, balki uning pulsini, shuningdek, qondagi kislorod darajasini ham kuzatishga yordam beradi.

FeelZing Energy Patch neyrostimulyatori

Oddiy so‘z bilan aytganda, qurilmani energiya patchi deb atash mumkin. U kerakli joyga yopishtiriladi va neyrostimulyatsiya yordamida diqqatni jamlashga, tinchlanishga yoki hatto uxlab qolishga yordam beradi. Foydali narsa.

Withings Body Smart tarozisi

“Aqlli” gadjetlar dunyosida tarozi ham “aqlli” bo‘lishi mumkin. Bu tarozi ortiqcha kilo yig‘a boshlasangiz, bundan xursand bo‘lmasligingizni bilib, vazningizni ko‘rsatmaydi. Ajoyib xususiyat, to‘g‘rimi? Lekin tashvishlanmang, qurilma hamma ma’lumotlarni saqlab qoladi va kerak bo‘lganda ko‘rib olishingiz mumkin.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Зур нарсаларакан

  2. Aziza

    Tarozi yoqdi manga

  3. Otabek

    Butilka zo’r ekan

  4. Botir

    negative kerak emas

  5. Layloxon

    Zo’rkuuuu

  6. Botir

    1 prikol rofl

  7. Nozimaxon

    music

  8. Aziz

    Yaxshi narsala, bizda topsa bolarmikan?

  9. Тимур

    Заказ килса булади

  10. Aziz

    Mayli

  11. Jamila

    good

  12. Shamshod

    Rahmat, harakat qilamiz rofl

  13. Daryoman

    Daryoman seni olib ketaman

  14. Eldor

    good yoqdi

  15. Gulnoza

    Nimalar bula?

  16. Xurshid

    Hech kimga kerak bo’lmagan narsalar

  17. Jasur

    good zo’rku

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social