Qari bobo va uning to’palonchi nabirasi

Qari bobo va uning to’palonchi nabirasi

Do’konning kassasida katta navbat turar edi. Barcha insonlarning aravalari va savatlari bor. Bir ayol bir qariya bobo va uning nabirasi suhbatiga e’tibor berdi. Bolakay qo’llarida bir necha shirinliklarni ushlab olib, o’zini yomon tutar edi. Qariya bobo unga qaradi va hotirjamlik bilan dedi:

– Rustamjon, bir oz sabr qil, oz qoldi, yana ozgina chida. Yaxshi bola!

Bola o’zini yomon tutishda davom etdi, uyga ketishni xohladi va navbatga shikoyat qildi. Bobosi esa shunday deyishda davom etdi:

– Hammasi yaxshi, Rustamjon. Bir necha daqiqa va biz uyga ketamiz. Yigit ozgina chida!

Nabirasi savatdagi mahsulotlarni ag’darishni boshladi. Bobo yana o’zini ushlab, dedi:

– Rustamjon, Rustam, o’zingni bo’sh tut, havotir olma. Yana besh daqiqa va biz uyga ketamiz. Iltimos, tinchlan!

Buni ko’zatib turgan ayol hayron qoldi. U kassadagi to’lovlarni bitirib, bobo va uning nabirasiga yetib olib, shunday dedi:

– Bilaman bu mening ishim emas, lekin men sizning sabr-toqatingizga qoyil qoldim. Nabirangizning harakatlariga qaramasdan siz barcha maqtovlarga loyiqsiz!

Keyin ayol bolaga qarab shunday dedi:

– Rustamjon, shunday bobong bo’lgani uchun baxtli bo’lsang kerak?

– Rahmat – deb jilmaydi bobo. – Lekin Rustamjon – bu menman. Bu kichkina to’palonchining ismi Nodirbek bo’ladi! 😊😃😉

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    axaxa, to’palonchi Nodirbek eyyy))) Qoyil, oxiri kutulmagan chiqdi!!!

  2. botir

    laugh rofl good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social