Quyidagi savollarga javob bera olasanmi?
Dunyodagi 5 ta eng boy insonlarning ismlarini ayting.
“Dunyo go`zali” 5 ta ohirgi g`oliblarining ismlarini ayting.
Nobel` mukofotining 5ta ohirgi nomzodlarini ayting.
“Oskar” kino-mukofotining 5 nomzodlarini ayting.
Ho`sh, javob bera oldingmi? Bularga javob berish qiyinchilik tug`diradi, shunday emasmi? Havotir olma, bularni ko`pchilik eslay olmaydi. Olqishlar tinchlanadi, mukofotlar chang bosishi va g`olib keyinchalik unitilishi mumkin.
Endi navbatdagi savollarga javob berishga harakat qilib ko`r:
Sening ta`liminga hissa qo`shgan 3 ustozlaringni esla.
Qiyin vaziyatda senga yordam bergan 3 do`stingni esla.
Senda muxim tuyg`ularni uyg`otgan bir necha do`stlaringni esla.
Ular bilan vaqt o`tkazish yoqimli bo`lgan 5 insonni aytib ber.
Ishonamanki sen buni uddalading! Bu osonroq, shunday emasmi? Sening hayotingda muhim bo`lgan insonlar “eng yaxshi” reytingda emas, ko`p pulga ega emaslar, katta yutuqlarning g`oliblari bo`lmagan… Ular shunchaki sen uchun qayg`urishadi, qadrlashadi , hech nimaga qaramasdan yoningda doim bo`lishadi. Bu haqida o`ylab ko`r. Hayot juda qisqa!
Sen qaysi ro`yhatdasan? Bilmaysanmi? Barakalla! Sen “mashhurlar” orasida emas, balki men eslagan insonlar orasidasan…
Bir necha yil oldin, Sietl shaxrida olimpiada vaqtida, 100 metrga yugirish yo`lakchasida to`qqizta sportchilar bo`lgan. Ularning barchasi jismoniy va ruhiy nogiron bo`lgan. Start berildi, yugirish boshlandi. Hamma ham yugirmagan, ammo barcha qatnashmoqchi bo`lgan va g`olib bo`lishni istagan. Ular masofaning uchdan bir qismini bosib o`tganda, bir bola qoqilib va dumalab tushadi. U yig`lashni boshlaydi. Qolgan sakkizta o`yinchilar uning yig`lashini eshitib, yugirishni to`xtab orqaga qarashadi. Keyin hammasi orqaga qarab borishdi… hammasi… bir qiz yiqilgan bolaning oldiga kelib, uni quchoqlab va so`ragan: “Endi senga yaxshiroq bo`ldimi?” Keyin hammasi birgalikda elkama-elka finish chizig`iga borishdi. Butun halq turib olqishlagan. Olqishlar uzoq vaqt tinmagan.
Buni ko`rgan insonlar, hozirgacha bu haqida gapirishadi. Nima uchun? Chunki xayotning eng muhim narsasi, bu boshqalarning g`alaba qozonishiga yordam berish, qo`llab-quvvatlash va ruhlantirishdir.
Boshqalarni ruhlantira olish, bu yetuklik belgisidir!!!!
eng muhim kunlarida yordam bergan dustlaring bir kun kelib sani unutishadi, tashlab ketishadi, odamla yaxshili nima ekanini tushunishmiydi, yaxshisi yaxshili qimagan yaxshi, yoki yaxshilini biladigan insonlaga nisbatan yaxshili qilish yaraydi
bu haqiqat! juda togri xammasi yozilgan. xech uylamaganman bu haqda. rahmat silarga
Juda ta’sirli.
yaxshilini qiganda inson kunglidan chin yuredan qiladi, evaziga biron nima tama qimaydi, man sizzi fikringizga qushilmagan bulardim
Gap yo’q!
SUPER :*
spasibo vam
Boshqalar yaxshiligizni ko’rmasa bu siz yaxshilik qilishni to’xtating deganimas. Hech kim ko’rmasa ham Alloh ko’rib kuzatib turibdiku.
juda yoqdi