Ruhiy dam olish: insonga nima uchun zarur va uni qanday tashkil qilish kerak?

Ruhiy dam olish: insonga nima uchun zarur va uni qanday tashkil qilish kerak?

Biz o‘zimizni ortiqcha zo‘riqtiramiz va miyaning tiklanishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu kayfiyatning tushishi, xotira va mahsuldorlik pasayishiga olib keladi.

Nima uchun dam olish zarur?

Miyani ortiqcha ma’lumotga to‘ldiramiz

Miyamiz kun davomida kiruvchi ma’lumot va suhbatlarni soatlab qayta ishlaydi. Agar siz uning dam olishiga yo‘l qo‘ymasangiz, kayfiyatingiz, mahsuldorlik va sog‘lig‘ingiz yomonlashadi. Shu bois aqliy dam olish juda zarur. Diqqat jamlanmagan va tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lmagan davrlarda o‘y-fikrlar tarqalib ketadi.

Ammo biz bunday dam olish uchun kamroq vaqt ajratamiz. Floridadagi Sirkad tibbiyot markazi direktori Metyu Edlund “Odamlar o‘zini mashinaga o‘xshatadi. Ular muntazam ravishda o‘zlarini ortiqcha zo‘riqtiradi va me’yordan ortiq ishlaydilar”, — deydi.

Uzoq ish vaqti yoki uy ishlari bilan o‘tkazilgan tig‘iz kundan keyin “zombi” holatiga tushib qolganingizni eslang. Bu paytda siz hatto o‘ylashga qiynalasiz, muhim narsalarni unutasiz, xatoga yo‘l qo‘yasiz va kutganingizdan kamroq ish qilasiz. Doimiy stressli hayot tarzi samaradorlik, ijodkorlik va baxtga ta’sir qiladi.

“Miya dam olishi kerak”, — deydi yetakchilik, ish va hayot muvozanati haqidagi kitob muallifi Styuart Fridman. “Aqliy faoliyatdagi tanaffusdan so‘ng, ijodiy fikrlash yaxshilanadi, qaror qabul qilishingiz osonroq bo‘ladi va o‘z faoliyatingizdan zavqlana boshlaysiz”.

Miyaning tiklanishiga yo’l qo’ymaymiz

Miya ikkita asosiy ish rejimiga ega. Birinchisi harakatga yo‘naltirilgan. Buning yordamida diqqatimizni vazifalarga qaratamiz, muammolarni hal qilamiz va kiruvchi ma’lumotlarni qayta ishlaymiz. Bu ishlayotganimizda, televizor ko‘rganimizda, Instagram sahifalarini ko‘zdan kechirganda yoki boshqa ma’lumotlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganimizda yuz beradi.

Bundan tashqari, miyada passiv ishlash (SPRRM) tizimi mavjud. Bu harakatsiz holatimizda, xayolga cho‘mganda yoki ichki olamimizga sho‘ng‘iganimizda yoqiladi. Agar kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz va birdan oxirgi ikki sahifani eslay olmayotganingizni sezsangiz, bu siznda SPRRM faollashgani va begona narsalar haqida o‘ylayotganingizni anglatadi. Siz bu holatda soatlab qolishingiz mumkin, masalan, o‘rmon bo‘ylab sayr qilganda aynan shu rejim faol ishlaydi.

SPRRM har kuni qo‘llanilishi kerak: u miyaning tiklanishiga yordam beradi. Neyropsixolog Meri Xelen Immordino-Yangning so‘zlariga ko‘ra, passiv ishlash rejimi tufayli biz ma’lumotlarni birlashtiramiz, o‘zimizni anglaymiz va hayotimizda nima sodir bo‘layotganini tushunamiz. Bu bevosita yaxshi sog‘liq va ijodkorlik bilan bog‘liq.

Tadqiqotchilarning fikricha, yozuvchi va fiziklar ishga bog‘liq bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanayotganda ijodiy g‘oyalarning kamida 30 foiziga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, SPRRM xotiralarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu holat uyquga ketishdan oldin faollashadi.

Ruhiy dam olish qanday tashkil qilinadi?

Kun davomida bir necha marta tanaffus qilinishi kerak. Styuart Fridman har 90 daqiqada yoki charchagan, diqqatni jamlay olmay, vazifalardan qolib keta boshlaganingizda dam olishni maslahat beradi. “Eng muhimi, dam olish mahsuldorligingizni pasaytiradigan hashamat deb o‘ylashni bas qiling”, — deydi Immordino-Yang. Aksincha teskarisi.

Aqliy mehnat talab qilmaydigan ishlarni bajaring

Idishlarni yuvish, bog‘dorchilik, sayr qilish, tozalash va boshqa shunga o‘xshash vazifalar SPRRMni faollashtirish uchun qulay vaqtdir.

Telefonni uzoqroqqa qo‘ying

Ko‘pchilik telefonni faqat zerikkanlikdan qo‘liga oladi, ammo bu odat dam olishga imkon bermaydi. Smartfoningizni uzoqroqqa qo‘yishga harakat qiling va u sizni chalg‘itmasin. Masalan, navbatda turganingizda yoki kimnidir kutayotganingizda. Buni qanday his qilayotganingizga e’tibor bering. Ehtimol, dastlab siz asabiylasharsiz, lekin tez orada atrofingizdagi dunyoga e’tibor berishni yoki fikrlarga cho‘mishni boshlaysiz.

Ijtimoiy tarmoqlar uchun kamroq vaqt sarflang

Ijtimoiy tarmoqlar ruhiy hordiq chiqarishga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, ular birovning hayoti haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg’otadi, chunki biz faqat ideal rasmni ko‘ramiz. Bular qayg‘uli xabarlar bilan birga qo‘shilib stressni keltirib chiqaradi.

Bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda qancha vaqt sarflayotganingizni va bu holatda o‘zingizni qanday his qilishingizni kuzatib boring. Ulardagi vaqtni, masalan, kuniga 45 daqiqaga cheklang. Yoki do‘stlaringiz ro‘yxatini faqat siz bilan birga vaqt o‘tkazishni yoqtiradiganlar bilan qisqartiring.

Tez-tez tabiat qo‘yniga chiqing

Parkda sayr qilish shaharda sayr qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Shaharda doimo chalg‘ituvchi narsalar bilan o‘ralganmiz: svetoforlar, avtomobillar, odamlar. Bizni qushlar ovozi, barglarning shitirlashi va shu kabi boshqa tabiiy tovushlar tinchlantiradi. Bunday sharoitda dam olish va tarqoq fikrlaringizdan voz kechish osonroq.

Ayni daqiqalarga e’tiborli bo‘ling

Tanangizdagi turli xil mushaklarga e’tibor qaratishga harakat qiling. Har bir mushak uchun 10-15 soniya vaqt bering. Yoki har safar biror narsa ichganingizda, ta’mi va hissiyotiga diqqat qiling. Bunday harakatlar miya uchun kichik tanaffusdir.

O‘zingiz yoqtirgan narsani bajaring

SPRRMni faollashtirish ruhiy dam olishning yagona yo‘li emas. Bundan tashqari, diqqatni jamlashni talab qilsa ham o‘zingiz yoqtirgan narsalarni qilish foydalidir. Masalan, kitob o‘qish, tennis, cholg‘u asbobini chalish, konsertga borish ham ruhiy tiklanishingizga yordam beradi. Shunday ekan qanday mashg‘ulotlar sizga energiya berishi haqida o‘ylab ko‘ring va ularga vaqt ajratishni unutmang.

Kommentlar: 30 komment. 30 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Зур good

  2. Aziza

    Rahmat Fazotv

  3. Gulli

    Ajoyib foydali maqola boʻlibdi rahmat fazotv

  4. Otabek

    Xudo barchamizga kuch bersin!

  5. Gulli

    Assalom alaykum aytganis kelsin

  6. Тимур

    Омин! Гули яхшимисиз?

  7. Adibaxon

    Raxmat.

  8. Gulli

    Assalom alaykum ha yaxshi rahmat olohga shukr oʻziz qalaysiz yaxshimisiz

  9. Fazo.tv

    Hammaga kommentlaringiz uchun katta rahmat.

  10. Gulli

    Sizga ham rahmat fazotv maqola uchun ishlaringizga omad va rivoj tilab qolaman

  11. Ibrohim V.

    Nomini uqib bowida nimaligini tuwunmadim

  12. Gulli

    Inson ruhan charchoqni yoʻq qilish uchun biron nima bilan oʻzini band qilish kerak biron bir oʻzi yoqtirgan mashgʻulot yoki koʻngil ochar joylarga aylanishi va oʻzini chalgʻitishi kerak shunda biroz boʻlsada yengil tortadi

  13. Rustam

    Siz nima qilas bu u4un?

  14. Gulli

    Sayr qilardim park yoki dugonalarim bilan suhbatlashib oʻtiraman

  15. Aziza

    Dugonalariz kupmi?

  16. Gulli

    Ha koʻchadagi dugonalarim bor birga oʻtiramiz

  17. Aziza

    smile Mani ham dugona dib kurin kiss

  18. Gulli

    Oʻzi dugonamizy deb oʻylagandim yoki undaymasmi

  19. Aziza

    Albatta! Wunga suradim uzi smile

  20. Gulli

    ❤️❤️❤️

  21. Aziza

    kiss kiss kiss kiss kiss

  22. Gulli
  23. Gulli

    Hursandman

  24. Aziza

    blum

  25. Doniyor

    Dam olish juda muhim

  26. Gulli

    Assalom alaykum Ha toʻgʻri aytasiz

  27. Sevara

    Rahmat

  28. Fara

    good good

  29. Saidaxon

    unknw twunmadim

  30. Odiljon

    smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social