Savol berishning muhimligi

Savol berishning muhimligi

Ajdarho o`rmonda bo`rini tutib olib shunday dedi:

– Qara, seni yozib qo`yaman: “Bo`ri, kulrang, bir dona”. Bugun tushlikga kelasan va men seni eb qo`yaman. Tushundingmi?

– Tushundim.

– Savollar bormi?

– yo`q.

Bo`ri xafa bo`lib ketdi.

Ajdarho o`rmonda sayr qilishda davom etdi. Tulkini ko`rib qoldi va uni ham ushlab oldi.

– Tulki, seni yozdim: “Tulki, malla, dumli, bir dona”. Bugun kechki ovqatga kelasan va men seni eb qo`yaman. Tushundingmi?

– Tushundim.

– Savollar bormi?

– yo`q.

Tulki ham xafa bo`lib ketdi.

Ajdarho yo`lida davom etdi. O`rmonda yana quyonni ushlab oldi va dedi:

– Quyon, men seni ham yozib qo`yaman: “Quyon, kul rang, uzun quloq, bir dona”. Ertaga menikiga nonushtaga kelasan va men seni eb qo`yaman. Tushundingmi?

– Tushundim.

– Savollar bormi?

– Bor.

– Qanaqa?

– Kelmasam bo`ladimi?

– Bo`ladi. Seni ro`yxatdan o`chirib tashladim!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qiziq)) Lekin savol berganda ham donolik kerak!!! Bo’mag’ur narsalarni so’rayverish ham yaxshi emas!

  2. Shumbola

    Indan keyinchi deb ham savol bersa bo’ladi smile

  3. Jasurbek

    ))) ajoyib hikoya, manga juda yoqdi. Rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social