Sening ongingdagi zahar

Sening ongingdagi zahar

Qadimgi Xitoyda turmushga chiqqan bir qiz erining uyida yashab, unga va onasiga xizmat qilishi kerak edi.

Shunday qilib, to’ydan keyin, qiz qaynonaning doimiy ta’qiblariga dosh bera olmadi. Undan xalos bo’lishga qaror qildi.

Qiz otasining do’sti bo’lgan o’simlik sotuvchiga bordi. Qiz unga dedi:

– Endi qaynonam bilan yashay olmayman. U meni aqldan ozdiryapti. Menga yordam bera olmaysizmi? Men yaxshi haq to’layman.

– Siz uchun nima qila olaman? – deb savol berdi sotuvchi.

Menga zahar sotishingizni xohlayman. Men qaynonamni zaharlab, barcha kasalliklardan qutulaman – deb javob berdi qiz.

Ko’p o’ylashdan so’ng, o’simlik sotuvchi shunday dedi:

– Yaxshi, men sizga yordam beraman. Ammo ikkita narsani tushunishingiz kerak. Birinchidan, qaynonangizni zaharlay olmaysiz, chunki odamlar nima bo’lganini bilib oladilar. Men sizga uni asta-sekin o’ldiradigan o’simliklarni beraman va hech kim uni zaharlangan deb o’ylamaydi. Ikkinchidan, nihoyat shubhalarni bartaraf qilish uchun, siz g’azabingizni tinchlantirishingiz, uni hurmat qilishni o’rganishingiz, sevishingiz, tinglashingiz va sabr-toqatli bo’lishingiz kerak. Keyin o’limidan so’ng hech kim sizga shubha ko’zi bilan qaramaydi.

Qiz hamma narsaga rozi bo’lib, o’tlarni olib, qaynonining ovqatiga qo’shishni boshladi. Bundan tashqari, u o’zini nazorat qilishni, qaynonasini tinglashni va unga hurmat ko’rsatishni o’rgandi. Qaynona kelinining qanday munosabatda bo’lganini ko’rib, qizni butun yuragi bilan sevib qoldi. U har kimga, uning kelini eng yaxshisi, deb aytar edi. Olti oy o’tgach, ularning munosabatlari o’zgardi, ona va qiz kabi yaqinlashib qolishdi.

Keyin qiz bir kuni o’sha sotuvchiga kelib:

– Xudo haqqi, iltimos, qaynonamga bergan zahardan qutqaring. Men uni o’ldirmoqchi emasman. U eng yaxshi qaynona bo’ldi va men uni yaxshi ko’raman.

O’simlik sotuvchi tabassum qilib javob berdi:

Xavotir olmang, sizga zahar bermadim. Men sizga nima bergan bo’lsam, bu faqat ziravorlar edi. Zahar sizning ongizdadir va siz uni o’zingiz yo’q qildingiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social