Hayotimizda ko’p qizlarni ko’ramizki, ular sevib qolib, barcha hayotdagi qiziqishlarini va barcha ishlarini yig’ishtirib qo’yishadi. Lekin bu to’g’rimi?
Siz uchun muhim bo’lgan narsalar endi ikkinchi darajali bo’lib qolishdi. “Kelajagim endi o’zgaradi, orzu istaklarimga endi erishishim qiyin bo’ladi” – deb o’ylaysiz.
Lekin, kimnidir sevish, o’zidan butunlayin voz kechish degani emas!
Munosabatlaringiz mustahkam bo’lsin deb, orzularingizni qurbon qilishingiz kerak emas. Siz uchun bo’lgan inson maqsadlaringizni qo’llab-quvvatlashi kerak. Sizning asosiy muxlisingiz bo’lib, u sizning yoningizda turishi kerak. Siz yiqilganingizda sizni qo’llab-quvvatlashga tayyor turishi kerak. U bilan siz barcha narsalarga qodir ekanligingizni his qilishingiz kerak.
Biror insonni sevish, u ishtirok etmaydigan ishlarni unutish kerakligini anglatmaydi. Sizning xobbingiz bo’lishi mumkin. U insonga tegishli bo’lmagan qiziqishlaringiz bo’lishi mumkin. Do’stlaringizdan ham vos kechishingiz zarur emas!
Sizning odamingiz sizni yaqinlaringizdan yiroqlashtirmaydi. Biror insonni sevish, uni koinotning markaziga aylantirish degani emasdir.
Unga mehr va e’tibor berishingiz kerak. U sizning barcha ro’yxatlaringizda birinchi o’rinda bo’lishi kerak. Lekin u uchun, butun qiziqishlaringizdan voz kechishingiz kerak emas.
To’g’ri shaxs sizni erkin yashashingizni xohlaydi. U sizni baxtli bo’lishingizni xohlaydi, hatto u atrofingizda bo’lmaganida ham.
Munosabatlar deb, siz do’stlaringizdan, qiziqishlaringizdan va sevgan narsalaringizdan voz kechishingiz kerak emas, chunki siz barchasiga ega bo’lishingiz mumkin, tanlash zarur emas!
Xudo barchamiz uchun to’g’ri insonni tayyorlab qo’ygan, shuni unutmang va sevgi bilan ulashing!
Sevgini men hech chunmadim. Tushunganimda manimcha kech bo’ladi.
Nega unday deysiz??
Sevgi yoʻllarida adashganmisiz
Hozirda sevgi oyinchoqday bolib ketmadimikan
Sevgi bu ilohiy tuygu uni qalbimizda asrashimiz kerak xolos
man sevdim sevildim ammo taqdir emaskan u boshqa sini sevdi aytingchi u avval mani sevganmi? ??????????? :
Haqiqiy sevgi br marotib buladi to asl sevgizzi topguncha va sevgandan keyn ajralib qolsa unga uhshashshi qarash buladi
Chindan sevgan yurak hechqachon taslim bulmasligi kerak ,har qora tunni bir kunduzi bor!!!
Sevgi bu uydurma.
SEVGI FAQAT ALISHER NAVOIYNI ROMANIDA BULADI…
BU ALBATTA MANI FIKRIM..
MAN SEVIB KORDIM…
LEKIN BU SEVGIMAS- SAROB EKAN..
MANI BUNI KECH BOLSA XAM TUSHUNIB YETDIM………….?
Sevgini yoq db bilgamma lekn Yaratganga sevgimiz bor. Yaratgan ham bizni sevadi va barchamizni o’z juftimiz bn yaratgan. Demak SEVGI BOR…
Ehhe sevgida men qancha qiyinchiliklar. Koʻz yosh qildim qiynaldim lekin hozir azob ayriliqdan keyin hozir u yonimda men bilan birga
Salom Toхир! Siz bu yerda juda dono fikr bildiribsiz. Barakallo! Fikringizga qo’shilmasdan iloji yo’q. Bu donolikning o’zginasi. Sevgi albatta bor bo’lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bo’ladi. Osmon yerga tushsa ham, sevgi qoladi. Sevgi bor joyda hayot va taraqqiyot hukmronlik qiladi. Sevgi yo’q joyda esa afsus bularning aksi bo’ladi. Bu haqiqatni qanday qilib ochdingiz? Sizning bu fikringiz odamni o’ylantirib qo’ydi. SEVGI – ajoyib so’z! So’zlarning qiroliyu-malikasi. Fikringizni kutib qolamiz. Yana bir bor rahmat.
Salom man bittasini yoqtiraman lekin u meni sevadimi yoqmi bolmayman shu paytga uni sevishimni hech kimga aytmaganman hatto o’ziga ham. Endi maslahat beringlar bu yog’iga nma qilay qanaqa qilsam to’g’ri bo’ladi
Iltimos 2 ogiz sozlarizni ayamanglar. Javoblarizni KUTAMAN
ILTIMOS JAVOB BERING!!!
Salom .! Siz qizni yoqtirib qoldingizmi?
Salom etiboriz uchun rahmat yoq man qiz bolaman yigit bolani yoqtiraman. U bilan bir kursga borardik. O’shanda sevib qolganman
Qalesz .?Sz buni 6ziga etmen.ft wunday unga yaxwi munosabat qlinki,uni 6zi sezsn.yo seviwizi dugonez etb bersn unga
Bilaszmi Oddiy bola. man hatto dugonamga ham etmaganman shunchali goyibona tarzda sevishda davom etvomman. Xop nma bolganda xam rahmat szga. Hali yana szlar bn sirlashaman. Sababi szlar mani olisdegi yaqinm bop qoldizla. Boshqaga etmagan gaplarimni sizlarga etib togrisi yengil tortaman Sog bolila ilohim hammela
Salom! Biz bilan bo’lganingiz va bo’lishganingiz uchun katta rahmat!!
Salom Fazo.tv! Shunaqa sayt yaratganila uchun aksincha sizlarga alohida rahmat. Charchamenlar omad
Katta rahmat! Biz bilan qoling!
Sevgi bu Xudo, sevgi bu hayot, sevgi bu eng oliy ne’mat