Sevgi va munosabat haqida doim gaplashgimiz keladi

Sevgi va munosabat haqida doim gaplashgimiz keladi

Sevgi va munosabat haqida doim gaplashgimiz keladi.  Agata Kristi inson hayotida sevgining muhimligini shunday degan edi: “Agarda inson hech qachon sevmagan bo`lsa, demak u hech qachon haqiqiy yashamagan”.

Sevgi – eng muhokamali mavzu hisoblanadi, rassomchilar uchun bu doimiy il`hom, san`atning eng kuchli dvigetel`i, romantiklar uchun etaklovchi yulduz va agarda ko`shiqlarni eshitsak bu eng asosiy mavzudir! Sevgi – bu dunyodagi barchaga taniqli va ega bo`lish xohishiga ega bo`lgan his tuyg`udir.

Ammo kim aytib bera oladi, sevgi o`zi bu nima? Bu shamolga o`xshash, uni his etasan, ammo ko`rinmaydi va hech qachon ko`rolmaysan. Ammo sen aniq aytishing mumkin bu shamol, boshqa narsa emas. Shu kabi sevgi ham. Uni faqat insonda sodir bo`lgan o`zgarishlar bo`yicha tavsiflasa bo`ladi. Chunki qachonki inson haqiqatdan ham sevsa, u o`zgarishni boshlaydi va sevgisi uchun yashaydi.

Sevgi haqida sakkiz yoshli qizcha shunday degan edi: “Mening buvim kasal bo`lganda, u endi egilib o`ziga pedikyur qilolmasdi. Shuning uchun mening buvam (dodam) o`zi unga pedikyur qilgan. Mana bu sevgi”.

Sevgan vaqtingda sen o`zing uchun yashamaysan, balki sevgan insonni bahtli qilishni xohlaysan va evaziga hech nima so`ramaysan. “Sevgi” so`zi qadim-aramey tilida “berish” manosini bildiradi. O`tgan zamonda insonlar sevgini “berish” deb tushunishgan.

Tassavur qil, Otang cheksiz sevgiga ega va U seni butun borliq bilan sevadi, gunoh qilganingda U doim seni kechirishga tayyor. Mana bu haqiqiy sevgi deb aytsa bo`ladi. O`ylashimcha, sen mening fikrimga qo`shilasan!

Kelinglar biz haqiqatdan ham sevishni o`rganaylik: mag`rur bo`lmasdan, g`azabni ko`rsatmasdan, xasad qilmasdan, ishonib va umid qilishni o`rganaylik. Agarda sevgi “berish” manosiga ega bo`lsa, buni ikkiga yoki uchga bo`lmasdan, kimdir qo`proq, kimdir qamroq qildi deb bo`lib berma. Sevgan insonlaringni, shunchaki, evaziga hech nima so`ramasdan baxtli qil!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 94

  2. Asatillo

    Bu xaqiqt

  3. Natasha

    Privet togri ismiz mishami yoki mansurmi

  4. Privet, Misha, tanishmizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social