Ikki inson baxtni qidirib, safarga otlanibdi. Ular barcha yer yuzini aylanib chiqibdilar, ammo baxtni topisha olmabdilar. Shundan so`ng koinotning eng cho`qqisiga va so`ngra dengizning eng tubiga tushibdilar, ammo u yerda ham baxtni topa olmabdilar.
Inson baxti aslida uning yuragida joylashgan. Agar biz baxtli bo`lishni istasak, biz avvalo o`zimizning yuragimizni tekshirishimiz zarur. Yuragimizning tub-tubida nima joylashgan? Ezgulik yoki hasadgo`ylik, kechirim yoki kechirmaslik, sevgi yoki nafrat, minnatdorchilik yoki nola, tinchlik yoki g`azab??
Qachonki bizning qalbimizdagi niyat va xohishlarimizni ijobiy tomonga o`zgarar ekan, shundagina biz baxtli bo`la olishimiz mumkin. Shundagina bizning yon-atrofimiz o`zgarishni boshlaydi.