Sportga vaqt yo’q bo’lsa nima qilish kerak?

Sportga vaqt yo’q bo’lsa nima qilish kerak?

Afsuski, bugungi kundagi hayotimiz ko’pincha “transportdan stulgacha” yo’nalishi bo’yicha o’tadi. Hayotni asosan o’tirib o’tkazish, sizning sog’lig’ingizga chekish kabi zarar keltirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko’ra, uzoq muddat o’tirgan va harakat sustligi yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, tayanch-harakat tizimi bilan muammolar, 2-turdagi diabet va hatto ba’zan saraton xavfi ortishiga olib kelishi mumkin ekan.

Bundan tashqari, kam harakatlanuvchanlik dunyodagi 9% erta o’lim sabablaridan biri ekan.

Asosiy xavf  – bir stolda o’tirgan va doimo bir hil zerikarli harakatlarni bajargan insonlardir. Jiddiy oqibatlarni oldini olib, muntazam ravishda jismoniy mashqlarga vaqt yetarli bo’lmasa, nima qilish kerak?

Bu yerda har bir kishi sinab ko’rishi mumkin bo’lgan 4 ta maslahat berilgan:

1. Ish joyiga borish va kelish yo’nalishini o’zgartiring.

Yo’lning bir qismini piyoda yoki velosipedda bosib o’ting. Siz avtobusdan bir necha bekat oldin tushishingiz yoki mashinani ofisdan bir oz uzoqroqqa qo’yishingiz mumkin.

2. Har yarim soatda turing.

Noqulaylik, bel og’rig’i yoki mushaklarning charchashini kutmang. O’rindiqdan turib, cho’ziling. Tanaffusni unutmaslik uchun telefonda eslatmalar qo’ying.

3. Siz o’tirgan holatingizga e’tibor qarating.

Monitordan uzoqqa chetlanib umurtqaga juda katta og’riq yuklamang. Optimal joy – ekran ko’z darajasida bo’lishi, ikkala oyoq erkin yerda joylashgan va ko’krak tik bo’lishi lozim.

Oyoqlaringizni bir-birini ustiga qo’yib o’tirmang – bu oddiy qon aylanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.

Yozganingizda, bilaklaringiz stolda qolishi kerak.

4. Qo’shimcha faoliyat uchun har qanday imkoniyatdan foydalaning.

Tik turib telefonda gaplashing, lift o’rniga zinadan foydalaning, eskalatorda piyoda ko’tariling, hamkasblar bilan sayr vaqtida fikr mulohaza qiling.


Hozirda sog’lig’ingizga e’tibor bersangiz, keyinroq davolanish kerak bo’lmaydi!


 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ulug'bek

    Erinchoq insonga hech nima yordam bermaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social