Texnogen tsivilizatsiya: ijobiy yoki salbiy?

Texnogen tsivilizatsiya: ijobiy yoki salbiy?

Yangi texnologiyalar bizga yordam berishmoqdami yoki … bizni o`ldirmoqdalarmi? Har xil moshinalar va mexanizmlar og`ir jismoniy mehnatni bajarishni ko`zlab yaratilmoqda. Muloqot tarmog`i munosabat qilishni, ishlarni olib borish va qulay joyda utirib dam olish kabi imkoniyatlarni yaratadi. Insoniyat hattoki informatsion maydonni yaratdi – xalqaro Internet tarmog`i. Bir tarafdan qarasak, yaratilayotgan yangi texnologiyalar hayot tarzimizni osonlashtirish va engillashtirish maqsadida yaratilmoqda. Bu yaxshi emasmi?

Mushkul ishimizni texnlogiyalarga topshirib, bo`sh qolgan vaqtni biz nimaga sarflamoqdamiz? Biz yanada ko`proq hordiqni, ko`proq komfortni talab qilishni boshlamayapmizmi? Shu orqali biz o`zimiz bilmagan holda hayotimizni sekin erinchoqlikga va dangasalikga olib kelamayapmizmi? Bo`sh vaqtimizda uyda yoki ish xonada televizor, smartfon yoki komp`yuter yonida o`tkazishga intilamayapmizmi? Shunday emasmi?

Bir kun kechasi men uyda noutbuk bilan utirgan edim. Barcha kerak bo`lgan muhim ishlarimni bitirib,  internetda futbol o`yinlarini ko`rib dam olib utiruvdim. Shu vaqtda yonimga 3 yoshli o`g`lim keldi. U meni uning moshinachalari bilan birga o`ynashga chaqirdi. Hayolimga kelgan birinchi fikr: “borgin o`g`lim, o`zing o`yna. Men bugun ishlab rossa charchadim. Men o`zim istagandek dam olishni xohlamoqdaman”. Ammo meni shu vaqt boshqa hayol to`xtatdi: “bu sening farzanding, hali yosh, sen qanday ishlaganingni u bilmaydi, bilganda ham tushunmaydi. U shunchaki sening qimmatbaho deb o`ylagan vaqtingdan yarim soat o`ziga olmoqchi xolos”.

Hayotga biz bir marta kelamiz. O`ylaymanki hech kim umri oxirida o`tgan hayotidan afsuslanib qolishni istamaydi. O`tgan hayotidan afsuslanmagan insonni men eng baxtli inson deb bilaman!

Siz bo`sh vaqtingizda nima bilan band bo`lasiz? Vaqtingizni to`g`ri taqsimlay olasizmi?

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    manda bush vaqtni uz yuq, shu sabab bush vaqtni qanday taqsimlash uchun boshimni qotirib utirmayman

  2. qiziq savol berasiz a? ijobiymi yoki salbiy? albatta ijobiy! bugungi kunni yangi texnologiyalarsiz yashah mumkinmi?

  3. Исмингиз

    Maqola ommaga taqdim etilyapti, shevadagi so’zlardan kamroq foydalansangiz yaxshi bo’lardi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social