Tish pastasini qanday tanlash kerak?

Tish pastasini qanday tanlash kerak?

Biz televizordagi reklamalarni yoqtirmaymiz-u, lekin reklama qilishgan tish pastalarini sotib olishga qiziqamiz. Afsuski, reklamada va’da qilishgan mo’jizalarning hech biri haqiqat emas. «Tishlaringiz ikki kunda oqaradi», bu kabi keng tarqalgan reklama qilish usuli hammani birday qiziqtirib qo’yadi. Axir kim ham tishlarining oppoq bo’lishini istamaydi. Mahsulot ishlab chiqaradiganlar o’z va’dalarining ustidan chiqishadi. Ular tish pastasiga abraziv-tishlarni mexanik tarzda tozalaydigan vositalarni qo’shishadi. Bunday vositalardan ba’zilari esa kuchli tozalash hususiyatiga ega. Mutahassislar esa faqat idishida abrazifligi RDA bo’lgan pastalarni sotib olishni maslahat beradi. Nozik tishlar uchun esa indeks abrazivligi 75dan oshmagan pastani sotib olish kerak.

Indeksi 200 bo’lgan tish pastalarini esa haftada bir-ikki marta ishlatish kerak. Bunday tish pastalarida oqartiradigan vositalar peroksid vodorod, peroksid karbamid mavjud bo’ladi. Bu tish pastasini faqat shifokor tavsiyasi bilangina ishlatish mumkin. Har doim ham reklama qilinayotgan pastalar yaxshi bo’lavermaydi. Tish pastalarida umuman shakar yoki boshqa uglevodlar bo’lmasligi kerak. Ba’zilar tish pastasidan ko’ra gel yaxshiroq deb hisoblashadi, aslida ular orasida farq yo’q. Gelli pastalar odatdagi pastalardan faqat tashqi ko’rinishi bilan farq qiladi. Gelli pastalar tarkibida pastaga oq rang beradigan karbonat kaltsiy, dioksid titan kabi moddalar bo’lmaydi. Og’iz bo’shlig’idagi hamma mikroblarni o’ldirish kerak, degan fikr noto’g’ri. Tarkibida triklozan yoki xlorgeksidin bo’lgan tish pastasini tinimsiz 2-4 hafta davomida ishlatish yaramaydi.

Chunki ular og’iz bo’shlig’ining tabiiy mikroflorasini buzib, zararli bakteriyalar bilan birga foydalilarini ham yo’q qiladi. Tish pastasi o’rniga asal ishlatish mumkinmi? Ohirgi vaqtlarda do’kon rastalarida foydali hususiyatlarga ega bo’lgan aralashmalar solingan tish pastalari ko’payib qoldi. Agar tarkibiga shalfey yoki romashka kiritilgan bo’lsa, asal ham foydali-ku? Nega asal ishlatilmaydi? Stomatologlarning ta’kidlashicha asal og’iz bo’shlig’ida bakteriyalarni ko’paytirish hususiyatiga ega. Asalli deb yozilgan tish pastalarining tarkibiga aslida asal ta’mini va hidini beradigan aromatizatorlar qo’shilgan bo’ladi. Biz esa uni foydali deb qabul qilib ishlataveramiz. Ba’zilar tish poroshogi pastadan ko’ra yaxshiroq deb hisoblashadi.

Tish pastasini maxsus idish yoki tyubikda ishlatish gigienaga mos keladi. Tish poroshogining og’zini ochganingizdan so’ng ikki-uch kun o’tib undagi mikrob chastotasi buziladi. Undan tashqari tish poroshoklarida abrazivlik kuchli bo’lib, uni har doim ham ishlatib bo’lmaydi. Ayniqsa tish poroshoklaridan bolalar va tishlari va milklari nozik bo’lgan kishilar ishlatmasligi kerak. Aks holda tishlar sal narsaga ta’sirchan bo’lib qoladi. Sarg’aygan ta’sirchan tishlar uchun esa tarkibida pirofosfat va fermentlar bo’lgan tish pastasini tanlagan ma’qul ekan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social