Yangi yil yaqin: Uy sharoitida noodatiy archa yasash uchun layfxaklar (foto)

Yangi yil yaqin: Uy sharoitida noodatiy archa yasash uchun layfxaklar (foto)

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari uy va archa bezatish ishlari boshlanadi. Ammo buning uchun archa sotib olish shart emas, uy sharoitida har kim o‘z qo‘llari bilan mavjud buyumlardan ham noodatiy archalar yasashi mumkin. “Lisa.ru” nashri bu borada foydali lafxaklar bilan bo‘lishdi.

Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi. Shunchaki kartondan konus shaklini yasab olish yoki uni do‘konlardan xarid qilish mumkin. So‘ngra atlas tasmalar bir xil uzunlikda kesib chiqiladi. Xohishga ko‘ra, qizil va yashil tasmalardan foydalanish mumkin. Ular yelim yordamida konusga yopishtiriladi va yulduzcha uchun tilla yoki kumushrang tasmadan bezak beriladi.

Ushbu uslubdagi archa juda sodda tarzda yaratilgan. Buning uchun konus yoki boshqa shunday shakldagi buyum kerak bo‘ladi. Konus pergament qog‘oz bilan o‘raladi. So‘ngra ip kraxmal eritmasi yordamida shakl ustiga qotiriladi. Archa shakli hosil bo‘lgach, iplarning qurishi kutiladi. Konus shakli olinadi va ajoyib archa tayyor. Uni turli xil munchoqlar bilan bezatish mumkin.

Ish stolini xuddi shunday archa bilan bezash mumkin. Buning uchun turli xil kichik o‘lchamdagi taxtalar kerak bo‘ladi. Ular dastlab bo‘yaladi va chiroyli ko‘rinishga kelgach, bir-biriga mahkamlanadi. Bayramdan so‘ng archani yig‘ish va kelasi yilda yana qayta yasash mumkin.

Bu kabi simlarni gul do‘konlarida topish mumkin. Ular ekinlar uchun mo‘ljallangan. Aynan yashil rangdagisi archa uchun ayni muddao. U xuddi gulchambar shaklida yasaladi. Qolaversa, bu kabi archalar boshqalaridan noodatiyligi bilan ajralib turadi.

Oddiy taxtalardan ham ajoyib dizayn yaratish mumkin. Buning uchun avval taxta oq rangga bo‘yaladi. So‘ngra quritishga qo‘yiladi. Bayram chirog‘i va boshqa bezaklar yordamida taxta yuzasiga archa shakli o‘rnatiladi.

Oddiy karton yoki qalin qog‘ozdan ham archa yasash mumkin. Buning uchun quyidagi video qo‘llanma yordam beradi.

Tuxumlar solinadigan karton qog‘ozdan ham ajoyib archa yasash mumkin. Buning uchun oddiy karton, qog‘oz, akril bo‘yoq, cho‘tka, sushi tayoqchasi kerak bo‘ladi. Tuxum solinadigan panjara qog‘ozdan har bir chuqurcha kesib olinadi. So‘ngra ular bo‘yalib, quritishga qo‘yiladi. Konus shakli ustidan barcha bo‘yalgan karton bo‘lakchalari yopishtirib chiqiladi.

Uyda mavjud eskirgan djinsi yoki boshqa matolardan ham archa yasash mumkin. Buning uchun albatta, konus shakli, yelim, qaychi va mato kerak bo‘ladi. Ular bir xil shaklda kesilib, aylana yoki burama shaklda konus ustidan yopishtiriladi. Bezak uchun munchoqlar yoki to‘rdan foydalanish mumkin.

Bu kabi archani har qanday maktab o‘quvchisi ham yasay olishi mumkin. Buning uchun yaltiroq bezak kerak bo‘ladi. U konus yuzasiga aynlana shaklda yopishtiriladi. Natijada bayramona kayfiyat ulashuvchi archa hosil bo‘ladi. Uni turli xil o‘yinchoq va chiroqlar bilan bezash mumkin.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komila

    Tezro bayram kesaydi heart

  2. Тимур

    Байрамга вохлимасми?

  3. Farangiz

    Bayramga hech qachon voxlimas smile

  4. Тимур

    Майли)

  5. xurshid

    prazdnik k nam prixodit

  6. Ezoza

    no

  7. Тимур

    1 числолада арча куяман уже

  8. Otabek

    Vohlimasmi?

  9. Uktam

    Coka cola mowinalari yurarmikan bu yili?

  10. Samira

    Albatta yuradi

  11. Davron

    good

  12. JJ

    heart air_kiss

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social